16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet16/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Stereotip qarorlar odatda qat’iy yoʻriqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik, ba’zan masalalar boʻyicha qabul qilinadi, lekin oʻzgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli boʻladi. Rahbar stereotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan boʻshatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Tashabbusli qarorlar oʻz tavsifiga koʻra novatorlik, mazmuniga koʻra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil oʻrganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Tashabbusli qarorlar erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi.
An’anaviy qarorlar – bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi oldindan ma’lumdir. Bunga korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol boʻla oladi.
Tavsiyali qarorlar oʻz mohiyatiga koʻra tashabbusli qarorlarga yaqin boʻlib, ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar oʻz aksini topadi. Aniq qarorlar toʻla-toʻkis axborot mavjud boʻlgan holdagina qabul qilinadi. Shu sababli bunday qarorlarning amalga oshishi ehtimolligi birga yaqin boʻladi.
Noaniq qarorlar – bu tavakkal bilan, toʻla boʻlmagan axborotga asoslanib qabul qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish imkoniyati boʻlmagan hollarda tavakkal qabul qilinadigan qarorlardir.
Amal qilish xarakteriga qarab boshqaruv qarorlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
• vaqtinchalik qarorlar;
• tezkor (operativ ) qarorlar;
muntazam qarorlar;
vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar.
Vaqtinchalik qarorning amal qilishi ma’lum muddat bilan cheklanadi yoki doimiy qaror qabul qilguncha amal qiladi. Masalan, biror bir bayram munosabati bilan ta’lim muassasasida navbatchilarning tayinlanishi boʻyicha chiqarilgan buyruq shunday qarorlarga misol boʻla oladi.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling