16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet14/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Texnologik tarkibiy qism xodimlarning kasbiy koʻnikma va malakalarga egaligi darajasi, ishlab chiqarish texnologiyalari, tashkilotdagiyangilanishlarni boshqarish va amalga oshirish bilan tavsiflanadi.
Pedagog-kadrlarning innovatsion faoliyatga texnologik tayyorligi quyidagilarda namoyon boʻladi: 1) oʻz faoliyat natijalarini tanqidiy baholay olish qobiliyati;
2) oʻz kasbiy kompetentlik darajasini oshirish;
3) yangi axborotni ijobiy idrok etish qobiliyatiga egalik;
4) tashkiliy madaniyat va psixologik muhitning innovatsion faoliyatga yoʻnalganligi.
Kognitiv tarkibiy qism oʻzida jamoa a’zolarining kelgusi yangilanishlardan xabardorligi, shu bilan birga innovatsiya subyektlarining professional bilim darajasini aks ettiradi.
Kreativ tarkibiy qism professional faoliyatni amalga oshirishda muassasa xodimlarida ijodiy yondashuvning mavjudligi, ularning muammoli vaziyatlarda nostandart fikrlay olish, biqiq fikrlash va faoliyat koʻnikmalariga egaliklarini aniqlab beradi.
Psixologikmuhitda namoyon boʻluvchi muassasaning tashkiliy madaniyati, qadriyatga yoʻnalganligi, ijtimoiy ustanovkalar, jamoa a’zolarining xatti-harakatlari innovatsion salohiyatning regulyativ tarkibiy qismi mazmun-mohiyatini ochib beradi.
Jamoa a’zolarining innovatsiyani oʻzlashtirish jarayoni, ularning faoliyatiga ta’sir etishi, uni kuchaytirishi yo susaytirishi xissiy-emotsional tarkibiy qism bilan belgilanadi.
Motivatsion tarkibiy qism jamoa a’zolarining yangilikka munosabatini aniqlash: innovatsion faoliyatga da’vat etish, uning chegara va shakllarini belgilab berish, ta’lim muassasasi maqsadlariga erishishga yoʻnaltirilgan, moʻljallangan motivlardan tarkib topadi.
Motivatsion-ijodiy yoʻnalganlik pedagog-kadrlarda quyidagi ehtiyoj va qobiliyatlarning mavjud boʻlishini taqozo etadi:
1) pedagogik vazifalarni hal etishga doir standart boʻlmagan yondashuvlarni izlab topish;
2) izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish;
3) yangiliklarni amaliyotda qoʻllay olish uchun mavjud bilimlardan foydalana olish va ularni rivojlantirish;
4) pedagogik refleksiyani amalga oshirish;
5) ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarga doiroʻzgarishlarga tez moslasha olish.


Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqei oshib boradi, televideniye va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi, fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling