16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet17/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, favqulodda holatlar sodir boʻlgan hollarda uni bartaraf qilish boʻyicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xoʻjalik faoliyati yakunga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik, toʻqqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol boʻla oladi.
Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biron sababga koʻra qabul qilinadi. Masalan, shahar transporti xizmatining samaradorligini aniqlash maqsadida biror-bir avtobus marshrutidagi harakatni kuzatish boʻyicha qabul qilingan qaror shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham boʻladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar koʻp hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda oʻzini koʻrsatish maqsadida qabul qiladi.
Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foizi buyruqbozlikka asoslangan boʻladi. Bu jamoada tang vaziyatning yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan boʻysunuvchilar oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, oʻzaro ishonchning yoʻqolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
Yakkaboshchilik tamoyilidan farqli oʻlaroq, yakdillik tamoyili asosida ham qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga koʻra ilgari surilayotgan muqobil fikrni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Bunday boʻlishi juda kam uchraydigan hodisadir, chunki qarorlarni qabul qilishda qatnashadigan kishilar demokratik uslubda fikrlash tarafdorlari boʻlsada, odatda boshqalarnikidan farq qiladigan oʻz fikriga ega boʻladi.
Yakdillik koʻpincha favqulodda roʻy beradigan vaziyatlarda qaror qabul qilishda, shuningdek, qarshilik koʻrsatuvchi guruhlarda «koalitsiyalar» boʻlmagan hollarda yuzaga keladi. Bizning sharoitda yakdillik «ma’qullaymiz» degan gʻalati shaklni egallaydiki, bu butun jamiyatga ham zarar yetkazishi mumkin. Kollegiallik (koʻpchilik) tamoyili «koalitsiyalar», ya’ni turli ittifoq yoki birlashmalar roʻyi rost ma’lum boʻlib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar yuzasidan raqobat paydo boʻladigan hollarda amal qiladi.
Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yoʻli eng qulay va xolis hisoblanadi. Bunday hollarda qaror qabul qilish uchun koʻpchilikning ovoziga tayaniladi. Koʻp hollarda yarmidan koʻp ovoz gohida prinsipial masalalar yuzasidan me’yor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili hurfikrlilik, ya‘ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qoʻllaniladi. Oʻz mohiyati bilan konsensus – bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir. Konsensusga oʻzaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qoʻllash yordamida erishiladi.
Qaror shaxs tomonidan qabul qilinar ekan, unda bu shaxs fazilatlari u yoki bu darajada aks etmay qolmaydi. Shu nuqtai nazardan quyidagi koʻrinishdagi qarorlarning mavjudligi e‘tirof etiladi:
• moʻtadil, muvozanatlashgan qarorlar;
• turtki beruvchi (impulsli) qarorlar;
• tinch holatni saqlovchi (inertli) qarorlar;
tavakkalli qarorlar;
• ehtiyotkorona qarorlar;
• oqilona qarorlar.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling