16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja
Download 264.88 Kb.
|
16-maruza-3
Innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash boʻlib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining xususiyatlarini oʻrganib chiqqan pedagog olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin:
- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; - pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; - mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati; - tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish; - oʻzidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qoʻllay olish; - hamkasblar bilan hamkorlik; - fikr almashish va metodik yordam koʻrsata olishlik; - ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; - yangiliklarni izlab topish va ularni oʻz sharoitiga moslashtirib borish. M.Jumaniyozovaning fikricha, oʻqituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining oʻsib borishi natijasida vujudga keldi. Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni oʻz ichiga olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarini ham qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning tuzilishini oʻrganib chiqqan olimlardan biri V.A.Slastenin uni quyidagicha tuzilishga ega deb koʻrsatib oʻtadi: “Innovatsion faoliyatning tuzilishi – ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati. Innovatsion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristik, kreativ boʻlishi mumkin”. Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, oʻzgarishlar tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish toʻrt bosqichda amalga oshiriladi: 1) muammoni tahlil asosida aniqlash; 2) moʻljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash; 3) oʻzgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish; 4) oʻzgarishlarni amalga oshirish. Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad – oʻqituvchilarni yangilikka intiluvchanligini, mustaqil oʻz ustida ishlash koʻnikmasi va malakasini shakllantirish, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarni oʻtkazish malakasini takomillashtirishdan iboratdir. Innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish boʻlib, uning progmatik xususiyati shundaki, u gʻoyalar maydonida ham va alohida bir subyektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop boʻladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi boʻlib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi – loyihaga, loyihani – texnologiyaga aylantirishga yoʻnaltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akademik ilm mantigʻi boʻyicha tugʻilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qoʻllab-quvvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo boʻladi. “Innovatsion faoliyat – oʻqituvchining oʻz faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi. U oʻqituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani hal qilishda qandaydir toʻsiqqa duch kelinib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi”. Innovatsion faoliyat yangi gʻoyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yoʻnaltirilganligi sababli oʻqituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash uch bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi. Oʻqituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator toʻsiqlar mavjud. Bularning birinchisi oʻqituvchining oʻzi koʻnikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi hamda qiyinligi, ya’ni oʻqituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi boʻlsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim odamlarda choʻchish va xavfsirashni keltirib chiqarishidadir. Download 264.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling