16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja
Download 264.88 Kb.
|
16-maruza-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻqituvchining innovatsion faoliyati va innovatsion salohiyati
Ta’limiy faoliyat. Innovatsion jarayonning mazkur tuzilishi ma’muriy yondashuvni tavsiflaydi va koʻplab ilmiy va boshqaruv tashkilotlari, maktab, ta’lim markazlari ishtirok etadigan innovatsion jarayonlar bilan bogʻliq bosqichlarni oʻzida aks ettiradi. Shu bilan birga pedagogik innovatsiya turli darajada – alohida oʻqituvchi faoliyati yoki biror ta’lim muassasasidan uzluksiz ta’lim tizimiga qoʻllanilish predmetiga aylanishi mumkin. Mazkur holatda innovatsion jarayonning tuzilishi boshqacha koʻrinish hosil qiladi. Masalan, O.G.Xomeriki va boshqalar oʻzida quyidagi tarkibiy qismlarni aks ettiruvchi innovatsion jarayon tuzilishini aniqlashgan:
a) faoliyatli: motiv, maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, metod, natija kabi aniq moddiy, moliyaviy, vaqtinchalik, boshqa shart-sharoitlarda amalga oshiriluvchi tarkibiy qismlar yigʻindisi; b) subyektivli: ta’lim muassasasi barcha subyektlari – direktor, uning oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, olimlar, oʻquvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, OTM oʻqituvchilari, konsulьtantlar, ekspertlar, ta’limni boshqarish organlari xodimlari, attestatsiya komissiyasining innovatsion faoliyati; v) darajali: xalqaro, respublika, viloyat, tuman, shahar, ta’lim muassasasi darajasidagi innovatsion faoliyat subyektlarining oʻzaro aloqador innovatsion faoliyati; g) mazmunli: ta’lim, tarbiyaviy ishlar, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasasini boshqarishga doir yangiliklarni ishlab chiqish va oʻzlashtirish; d) boshqaruvga doir: boshqaruvga doir faoliyatning toʻrt turdagi oʻzaro harakatini: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazoratni oʻz ichiga oladi. Oʻqituvchining innovatsion faoliyati va innovatsion salohiyati Ta’lim muassasasida innovatsion faoliyatning samarali yoʻlga qoʻyilganligi innovatsion jarayon subyekti va innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishi bilan bevosita bogʻliqdir. Innovatsion jarayon subyekti deganda, ta’lim muassasalariga yangiliklar kiritish jarayoniga ishtirok etuvchi shaxslar (direktor, uning oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, olimlar, oʻquvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, konsultantlar, ekspertlar) va ta’limni boshqarish organlari tushuniladi. Ular harakatining birligi ma’lum bir natijalarga erishishga olib keladi. Ta’lim muasasasidagi innovatsion faoliyatning maqsadga yoʻnaltirilganligi va tashkil etilganligi innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishini oqilona tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Mazkur holat har bir alohida xarakat tuzulishini inobatga olishni taqozo etadi. Innovatsion jarayonning faoliyatli tuzilishi: Download 264.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling