16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet7/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Amalga oshirish usullariga koʻra:
1) rejali pedagogik innovatsiyalar;
2) tizimli pedagogik innovatsiyalar;
3) davriy pedagogik innovatsiyalar;
4) stixiyali pedagogik innovatsiyalar;
5) tasodifiy pedagogik innovatsiyalar;
6) oʻz-oʻzidan yuzaga keluvchi pedagogik innovatsiyalar.
Makonga yoʻnalganligiga koʻra:
1) alohida pedagog faoliyatiga doir pedagogik innovatsiyalar;
2) pedagoglarning metodik birlashmasiga doir pedagogik innovatsiyalar;
3) alohida ta’lim muassasasi faoliyatiga doir innovatsiyalar;
4) tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi pedagogik innovatsiyalar;
5) xalqaro miqyosdagi pedagogik innovatsiyalar.
Ijtimoiy-pedagogik ahamiyatiga koʻra:
1) alohida ta’lim muassasalariga doir pedagogik innovatsiyalar;
2) aniq kasbiy-tipologik guruh pedagoglariga xos pedagogik innovatsiyalar.
Novatorlik tadbirlari koʻlamiga koʻra:
1) lokal; 2) ommaviy; 3) global.
Innovatikaning tayanch tushunchasi – bu innovatsion jarayondir. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar qoidaga muvofiq uch asosiy – ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruvga doir jihat bilan bogʻliqlikda koʻrib chiqiladi. Mazkur jihatlarning mazmunidan innovatsion jarayonlar yuzaga keladigan umumiy shart-sharoitlar hosil boʻladi. Mavjud shart-sharoitlar innovatsion jarayonning amalga oshishiga toʻsqinlik qilishi ham mumkin. Innovatsion jarayonlar ham stixiyali, shuningdek, ongli boshqarilishi mumkin. Yangilik kiritish – bu eng avvalo, tabiiy va sun’iy oʻzgarishlar jarayonini boshqarish funksiyasi. Shuning uchun ta’limdagi innovatsion jarayon – bu ta’limdagi oʻzgarishlarni boshqarish jarayoni.
Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatdan tashqari oʻz ichiga koʻplab uni amalga oshirish shart-sharoitlarini, shu jumladan, faoliyat subyektlarini qamrab oladi.
Innovatsiyalarning yuzaga kelishi sabablariga munosabatiga koʻra innovatsion jarayonlar ikki turga boʻlinadi:

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling