16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Motiv – maqsad – vazifa – shakl – metod – natija


Download 264.88 Kb.
bet10/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Motiv – maqsad – vazifa – shakl – metod – natija kabi tarkibiy qismlarni qamrab oladi.
Motiv – innovatsion faoliyat subyektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat subyekti ehtiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha boʻlgan amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi subyektning yangilikni yaratish va oʻzlashtirishga boʻlgan ehtiyoj va qiziqishlarini oʻzida ifoda etuvchi undovchi kuch, sababdir.
Innovatsion faoliyatning maqsadi – birinchidan, kutilgan natijaga erishish vaqtini aniqlash, ikkinchidan, belgilangan muddatda uni qoʻlga kiritish imkoniyatlari, uchinchidan, maqsadga erishishdagi subyektining yoʻnalganliligi, toʻrtinchidan, olingan natijani kutilayotgan bilan taqqoslash imkonini beruvchi yangilikning ta’lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismini oʻzgartirishga qaratilishidir.
Innovatsion faoliyatning vazifasi – kutilgan natijaga imkon beruvchi ta’lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismining avvalgi va uni oʻzgartirishga qaratilgan yangi modelining holatini oʻzida aks ettirishidadir.
Innovatsion faoliyat shakli deganda mazkur jarayon subyektlarning maqsadga erishish uchun tashkil etilgan faoliyati tuzilishini oʻzaro muvofiqlashtirish, innovatsion faoliyat metodi deganda esa, uning maqsadga erishish yoʻlidagi, ma’lum bir ma’nodagi tizim faoliyatini tartibga solinishi tushuniladi.
Innovatsion faoliyat natijasi obyektning yangilanishidagi aniq oʻzgarishlarni oʻzida aks ettirib, erishilgan natijalarni baholashda uch guruh mezonlaridan foydalaniladi:
1) sifat mezonlari; 2) samaradorlik mezonlari; 3) motivatsiya mezonlari.
Innovatsion faoliyatning tarkibiy qismlari sifatida aks etuvchi motiv – maqsad – vazifa – shakl – metod – natija kabi tarkibiy qismlar tahlilidan kelib chiqqan holda, mazkur tushunchaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olgʻa boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir.
“Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan toʻqnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni hal yechishga qaratilgan faoliyatdir”, - deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov.
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi boʻlib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi boʻlib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega boʻlishdir. Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi oʻquv jarayonini samarali tashkil etishdir.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling