16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Innovatsion faoliyat oʻqituvchining


Download 264.88 Kb.
bet12/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Innovatsion faoliyat oʻqituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat boʻlib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir.
M.T.Jumaniyozovaning fikricha, oʻqituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tahlil qilishni uch bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻladi:
1. Yangilikni pedagogik faoliyatda qoʻllashdan oldingi davr oʻqituvchi faoliyatni tahlil etish.
2. Innovatsion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish.
3. Pedagogik jarayonga yangilik kiritib boʻlingandan keyingi davr faoliyatini tahlil qilish.
Oʻqituvchi innovatsion faoliyatini tahlil qilib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha:
Birinchi bosqich – tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib koʻchiriladi.
Ikkinchi bosqich – mavjud tizimga ayrim yangi moslamalar metodlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich – yangi gʻoyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakli toʻliq ishlab chiqiladi.
Toʻrtinchi bosqich – oʻqituvchi oʻqitish va tarbiyalashning oʻz konsepsiyasi va metodikasini ishlab chiqadi.
Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining shakllanishidagi birinchi bosqichda quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
- pedagogik faoliyatda ijodiy yoʻnalishni shakllantirib borish;
- pedagogik jarayonda subyekt-subyekt hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
- pedagoglik kasbini rivojlantirish va bunga qiziqishni orttirib borish;
- keng qiziqish doirasini shakllantirish, pedagogik muloqotda ochiqlikni ta’minlash;
- “men-gʻoyalar” ijodiy fikrlash yoʻnalishini rivojlantirib borish;
- pedagogik vazifalarni hal etishga ijodkorlik bilan yondashuv, tahlil qilish malakalarini rivojlantirib borish;
- ijodiy ishlash texnologiyasini shakllantirish.
Bu jarayonda shaxsiyatni oʻstirish treningi, muammoli oʻqitish texnologiyasi, faol ta’lim metodikasidan foydalanish va yangilik kiritish jarayoni bilan tanishtirib borish lozim. Birinchi bosqichning asosiy mazmunini umumiy psixologik-pedagogik bilimlarni egallash, oʻz faoliyatini tahlil qilish koʻnikma va malakalarini shakllantirish tashkil etadi.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling