16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet3/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Innovatsiya esa – bu ma’lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi:
1. Innovatsiya bu – ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish.
2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish.
3. Ta’lim muassasani boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish.
4. Tajriba-sinov obyekti sifatida.
5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash.
6. Yangiliklarning qoʻllanilish darajasini yangi mahsuldorliklarbilan oʻzgartirish bosqichi.
M.Jumaniyozovaning fikricha, agar faoliyat qisqa muddatli boʻlsa, yaxlit tizim xususiyatiga ega boʻlmasa, oʻz oldiga muayyan tizimdagi ba’zi tarkibiy qismlarnigina oʻzgartirishni vazifa qilib qoʻygan boʻlsa, u holda biz “novatsiya” haqida fikr yuritayotgan boʻlamiz. Agar faoliyat muayyan konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, uning natijasi oʻsha tizimning rivojlanishiga yoki uning prinsipial oʻzgarishiga olib kelsa, biz buni “innovatsiya” deya olamiz.
Faoliyat xususiyati jihatdan novatsiya koʻlami va vaqti boʻyicha chegaralangan, innovatsiya esa yaxlit va davomli boʻladi. Novatsiya natijasida amaldagi tizimda alohida elementlar oʻzgartiriladi, innovatsiya natijasida esa amaliyot subyektlarining pozitsiyalari toʻla yangilanadi, tizimdagi aloqalar va tizim isloh qilinadi.
Pedagogik innovatikaga doir qator tadqiqotlarni tahlil etish asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: “Innovatsiya tushunchasi mazmunan “yangi”, “yangilik” tushunchalarining aynan oʻzi emas. Istalgan yangilik, qachonki, amaliy faoliyatda oʻzining keng qamrovli samarasini bersa va keng koʻlamli ehtiyoj obyektiga aylansagina, tom ma’nodagi innovatsiya deyish mumkin boʻladi”.
Pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli koʻrinishga ega boʻlib, ularning umum tomonidan qabul qilingan aniq tipologiyasi yoki tasnifi mavjud emas. Innovatsiyalarni guruhlashtirishga doir yigirmadan ortiq tasnif mavjud, masalan: uzoq muddatli innovatsiyalar va qisqa muddatli innovatsiyalar, radikal va reformatorli, avtoritar va liberal, initsiativ va administrativ va boshqalar.
Innovatsiyalar texnologiya, iqtisodiyot, savdo-sotiq, ijtimoiy tizim bilan aloqadorlikda xilma-xil koʻrinishlarda namoyon boʻladi.
Ana shu nuqtai nazardan pedagogika kollejlari boshqaruvida joriy etiladigan innovatsiyalarni quyidagicha tasnif etish mumkin:
1. Pedagogik innovatsiyalar.
2. Tashkiliy innovatsiyalar.
3. Iqtisodiy innovatsiyalar.
4. Texnologik innovatsiyalar.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling