16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet4/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Pedagogik innovatsiyalar deganda, pedagogik yangiliklarni oʻrganish, oʻzlashtirish, ularni baholash, foydalanish va amaliyotga tatbiq etish tushuniladi.
Amaliyotchilarni koʻproq yangilanishlarning aniq natijalari tashvishga solsa, olimlarni aksincha faoliyatga tegishli boʻlgan bilimlar tizimi qiziqtiradi.
Tashkiliy innovatsiyalarga ta’lim muassasasini boshqarishning yangi metodlarini amalga oshirish, tashqi aloqa oʻrnatish va ish oʻrinlarini tashkil etish tushuniladi. Tashkiliy innovatsiyalar ta’lim muassasasining oʻquv-tarbiya jarayoni samaradorligiga qaratilgan va ma’muriy buyruqbozlikdan voz kechadigan faoliyat turidir.
Tashkiliy innovatsiyalar yangi metodlar asosida xodimlarning ma’suliyati va vakolatidan kelib chiqib ish taqsimotini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu esa, oʻz navbatida ishlab chiqarish va yaxlit pedagogik jarayonning takomillashishiga olib keladi.
Iqtisodiy innovatsiyalar deganda, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilinishi natijasida, jahon standartlariga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.
Oʻzbekistonda koʻp ukladli bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida, ta’lim sohasida xam iqtisodiy innovatsiyalar shakllanmoqda. U quyidagicha koʻrinishga ega:

  • davlat tomonidan ta’limni yangi mexanizm asosida moliyalashtirish;

  • ta’lim oluvchilarning oʻz-oʻzini moliyalashtirishi;

  • korxonalar tomonidan ta’lim tizimini moliyalashtirishning yangi mexanizmi;

  • ta’lim tizimida mehnatga haq toʻlashning yangi mexanizmi;

  • ta’limdagi faoliyat koʻlamini iqtisod qilish mexanizmi.

Texnologik innovatsiyalar yuqorida keltirilgan pedagogik, tashkiliy va iqtisodiy innovatsiyalar bilan muvofiqlashtirilgan va oʻzaro aloqadorlik asosida amalga oshirilsagina, u oʻzining yuqori samarasini beradi.
Texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqish va keng tatbiq etish, ta’lim jarayonida zamonaviy kompyuter va telekomunikatsiya texnologiyalari innovatsion oʻquv jarayoni rivojlanishining muhim omilidir. Yangi axborot texnologiyalarini oxirgi oʻn yillikdagi takomillashuvi va rivojlanishi ta’lim tizimiga yangiliklarni kirib kelishini tezlashtirdi va kuchaytirdi.
Hozirgi kundagi innovatsion ta’lim tizimida keng tarqalgan texnologiyalarning asosiy turi sifatida quyidagilarni ajratsak boʻladi:

  • audio va video kassetalar, disklar;

  • telefon;

  • radio va televidenie;

  • elektron pochta;

  • kompyuter oʻrgatish programmalari;

  • internet;

  • telekonferentsiya (audio, audio-grafik, video hamda kompyuter konferensiyalari).


Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling