16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Direktor va uning oʻrinbosarlarining vazifalari


Download 264.88 Kb.
bet22/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Direktor va uning oʻrinbosarlarining vazifalari.
Ishlarni rejali olib borish direktorga asosiy e’tiborni maktabga rahbarlik qilishga qaratish, kollektivning barcha xodimlarini oʻquvchilar ta’lim-tarbiyasining aktual masalalarini hal qilish, maktabning barcha xodimlari mehnatini maqsadga muvofiq tashkil etish, maktabning ish rejasini uygʻunlashtirishga yordam beradi.
Maktab rahbarlari va barcha oʻqituvchilar oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri umumiy majburiy ta’lim haqidagi qonunni bajarilishidir.
Direktor maktabga bevosita rahbarlik qiladi. Uning faoliyati maktab jamoasi bilan belgilanadi. Maktab direktori yuksak ma’naviyatli, pedagogik-psixologik yetuk, madaniyatli, siyosiy soʻzamol, chaqqon, uddaburon, umuminsoniy, shaxsiy xislatlarga ega boʻlishi kerak. U maktab ishlarini tashkil etishning nazariyasi va amaliyotini, maktabning oʻquv rejasi va oʻquv predmetlarining dars turlarini juda yaxshi bilishi, oʻqituvchilarga nisbatan nazoratli va talabchan, didli va prinsipial, tashabbuskor, ijobiy tajribani koʻra biladigan, kamchiliklarni mohirlik bilan oldini ola biladigan, yosh oʻqituvchilardan yordamini ayamaydigan kishi boʻlishi lozim.
Maktab direktori kadrlarni toʻgʻri tanlash va joy-joyiga qoʻyishni ta’minlaydi, xodimlarni malakasini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratadi. Oʻquvchilar bilimi sifati, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni mazmuni va tashkil etilishi ustidan nazorat qiladi.
Oʻquvchilarning mehnat tarbiyasi va ularni kasbga yoʻllash ishlarini tashkil etadi. Oʻquvchilar oʻz-oʻzini boshqarish organlarining ishini yoʻnaltiradi, maktab tashkilotlari ishiga yordam beradi. Maktabning ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boradigan ishini tashkil etadi. Maktab xodimlari orasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning bajarishini kuzatadi. Maktab ishi haqida hisobot beradi, eng yaxshi oʻquvchilarni mukofotga tadbiq etadi.
Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari oʻquv jarayonining toʻgʻri tashkil etilishi, oʻquv dasturlarining bajarilishi, oʻqitish va oʻquvchilar bilimining sifati uchun javob beradi. Dars jadvallari va maktab oʻquv ishlarining hisobotini tuzadi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosar ma’naviy tizimga javob beradi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni, oʻquvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etadi, sinf rahbarlari, toʻgarak rahbarlariga tarbiya ishlarini tashkil etishda yordam beradi, direktorning yetakchi, ota-onalar qoʻmitasi, maktab faollari bilan birgalikda tarbiyaviy ishlarning kompleks rejasini ishlab chiqadi.
Yoshlar yetakchisi faollar faoliyatiga rahbarlik qiladi. Yetuk tajribalarni toʻplab, uni tarqatishga yordam beradi.
Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini yagona reja asosida tashkil qilish va olib borish toʻgʻri boshqaruv uslubning ajralmas qismidir. Har bir boshqaruv jamoasi faoliyatida muayyan tizimi boʻlishi shart. Chunki aniq sharoit, holat va vaziyatni kuchayishi butun maktab jamoasi oldida turgan vazifalar bilan bogʻliqdir.
Shuningdek, bu maktabda tartib-intizomni yoʻlga qoʻyishda alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy ta’lim maktablari uchun shartli ravishda qabul qilingan ish rejalari mavjud. Ular quyidagicha:
1. Maktabning ma’lum istiqboli davriga moʻljallab, 5 yillik uchun tuziladigan ish rejasi. Bu maktab istiqbolli ish rejasi deb ataladi.
Bunda maktabning ma’lum davridagi oʻquv moddiy va texnika bazasi maktab qurilishi, oʻquvchi va oʻqituvchilar soni, sinflar soni, oʻquv kabinetlarining soni kabilar turli raqamlar asosida koʻrsatiladi.
2. Maktabning bir oʻquv yiliga moʻljallab tuziladigan ish rejasi. Mazkur reja maktabning istiqbol ish rejasining bir oʻquv yiliga tegishlisini olgan holda tuziladi.
3. Maktabning joriy ish rejasi. Mazkur reja maktabning bir oʻquv yiliga moʻljallab tuzilgan ish rejasi asosida tuziladi. Bu reja turkumiga:
- maktab direktori va oʻrinbosarlarning oʻquv yiliga moʻljallab tuziladigan ish rejalari;
- maktabda fanlar boʻyicha tashkil etilgan metodik birlashmalarning ish rejalari;
- sinf rahbarlarining ish rejalari;
- fan toʻgaraklari va kuni uzaytirilgan guruh rahbarlarining ish rejalari;
- maktab kutubxonasining ish rejalari;
- maktab ota-onalar qoʻmitasining ish rejalari;
- maktab shifokori va hamshirasi ish rejasi;
- har bir boshlangʻich va fan oʻqituvchisining kundalik darsini oʻtkazish rejasi kiradi.
Rejani toʻgʻri tuzish bilan ish bitmaydi. Ishning muvaffaqiyati shu rejani qanday usulda amalga oshirish, unda belgilangan tadbirlarni hayotga tadbiq etish mahoratiga koʻp jihatdan bogʻliqdir. Maktab rejasini amalga oshirishda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi:
1. Yuqori tashkilotlar, xalq ta’limi boʻlimlari va maktabga yaqin boʻlgan turli muassasalar bilan mustahkam aloqa oʻrnatilganligi;
2. Boshqarish va rahbarlik ishiga bilimdon, oʻta halol, ishbilarmon va yaxshi majburiy qobiliyatga ega boʻlgan pedagog xodimlar jalb etilganligi;
3. Kadrlar oʻrtasida ish taqsimotining toʻgʻri tashkil etilganligi;
4. Rahbarlar, xodimlardan tortib, eng quyi xodimlarning umumiy rejadan kelib chiqadigan shaxsiy, joriy ish rejasi asosida faoliyat yuritishi.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling