16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Maktab direktori va pedagoglar jamoasi


Download 264.88 Kb.
bet21/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Maktab direktori va pedagoglar jamoasi.
Maktab direktori maktabning asosiy rahbari va pedagoglar jamoasining yetakchisi hisoblanadi. Maktab direktori maktabda boʻlayotgan hamma ishlardan xabardor boʻlib turadi. Shuningdek, bu ishlarni tahlil qilish va natijasi haqida fikr yuritadi. Pedagoglar jamoasini yetakchisi hisoblangan maktab direktori jamoada oʻrtaga qoʻyilgan har qanday muammoni hal qilish yoʻllarini axtaradi.
Maktabga rahbarlik qilishning eng muhim tomoni oʻquv-tarbiya ishlarini nazorat qilishdir. Direktor va oʻrinbosarlarining oʻqituvchining ishini sistemali nazorat qilishi – uning mas’uliyatini oshiradi, ishdagi afzalliklarni yanada rivojlantirishga koʻmaklashadi, ilgʻor tajriba toʻplashga yordam beradi.
Direktor va oʻrinbosarlari bolalar bilan olib boriladigan oʻquv va sinfdan tashqari ishlarning barcha formalariga rahbarlik qiladilar va tekshirib turadilar.
Direktorning tashkilotchilik ishidagi yetakchilik roli barcha pedagoglarni oʻquvchilar va ota-onalar jamoalarini boshqarish ishiga jalb qilish, ularning kuch gʻayratini jamoa fikrlari va ishga muvofiqlashtirish, ularni ijodiy faoliyat jarayoniga tortish, alohida boʻgʻinlar oʻrtasida aloqaning ta’sirchan sistemasini yaratish, har qanday jamoada xam mavjud boʻlgan barcha rezervlarni harakatga keltirish, tashabbusni butun choralar bilan ragʻbatlantirish, haqiqiy mehnat musobaqasi ruhini qoʻllab-quvvatlash, ma’naviy qadriyatlarni jamlash, sistemaning ahvolini mumkin qadar oldindan koʻra bilish va uning modelini yaratish, faoliyat natijalarini oldindan aytib berish va pedagogik faoliyatning eng muhim masalalari yuzasidan umummaktab jamoasi a’zolariga yoʻl-yoʻriqlar berishdan iborat.
Bularning barchasi rahbarning chuqur nazariy bilim, tashkilotchilik qobiliyatini, keng koʻlamda fikrlay olish, jamoada muayyan psixologik kayfiyat, qulay axloqiy-psixologik muhit yaratishni talab qiladi.
Pedagoglar jamoasining jamoat tashkilotlari va boshqaruvning kollegiya organlari tarkibiga pedagoglar kengashi, oʻqituvchilar va sinf rahbarlari metod birlashmalari, ota-onalar qoʻmitasi kiradi.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling