16-mavzu: Masofaviy ta’lim texnologiyasi. Reja: Masofaviy o’qitishning dolzarbligi Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi


Masofaviy o’qitish tizimining didaktik tizimini izchillik bilan tashkil etish, zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga imkon yaratadi


Download 22.01 Kb.
bet4/5
Sana17.12.2022
Hajmi22.01 Kb.
#1025906
1   2   3   4   5
Bog'liq
16-ma\'ruza

Masofaviy o’qitish tizimining didaktik tizimini izchillik bilan tashkil etish, zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga imkon yaratadi.

O’qitish reglamenti tamoyili. O’quv jadvalining qat’iy rejalashtirilishi va rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi.
Yangi axborot texnologiya vositalarini qo’llashning pedagogik maqsadliligi tamoyili. Masofaviy o’qitish tizimini loyihalashtirishda, yaratish va tashkil etishda mavjud bo’lgan texnik vositalarini qo’llashning maqsadga muvofiqligini tahlil qilib, ularni qo’llashda xato qilishning oldini olish lozim. Masofaviy o’qitish tizimida qo’llaniladigan texnik vositalarning optimal nisbati kuyidagicha: bosma materiallar 40-50%, WWW serverlaridagi o’quv materiallar 30-35%, kompyuter videokonferensiya aloqasi 10-15% , qolganlari 5-20%.

Ta’limning oshkoralik va o’zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili. Bu tamoyil yosh va boshlang’ich ta’lim darajasi jihatdan «mo’tadilligi», kirish nazoratining suhbat, imtihon, test shaklida o’tkazilishi va h.k. bilan ifodalanadi. Buning natijasida keyinchalik o’quv muassasasidan bu tinglovchini shaxsiy (individual) reja bo’yicha o’qitishda qo’shimcha harakatlar talab qilinadi. Ta’lim tizimining ko’p variantliligini ta’minlash va bir o’quv yurtidan boshqa o’quv yurtiga o’tish imkoniyatini mavjud bo’ladi. Masofaviy o’qitish tizimining istiqbolligi shundaki, bu tizim shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri – ta’lim olish huquqini amalga oshirishni ta’minlaydi. Masofaviy o’qitish tizimining maqsadga

muvofiqligini baholashda, albatta uning ijtimoiy samaradorligini e’tiborga olish lozim.





Download 22.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling