16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish


Download 426.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana02.06.2024
Hajmi426.36 Kb.
#1837894
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
5-МАВЗУ

 
 
17
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-179 b.
0ABCDF
0A B C D F
'
'
'
'
'
Davlat tomonidan 
yordam 
berilmagandagi, 
soliqlar 
to`lanmagandavirdagi 
Lorents egri chizig`i 

100 
80 
60 
40 

D' 
20 

C' 

B' 

A' 

100 
80 
60 
40 
20 

Moddiy yordam berilgandan keyingi
soliqto`lo`vlarito`langandan keyingiLorents 
egri chizig`i 
Лоренцэгричизиғи
Aholi foizi 
Aholi 
foizi 


17-mavzu. Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. 
Reja
1. Asosiy va aylanma kapital mablag`lar. 
2. Diskontirlangan qiymat. 
3. Firmalarning istiqboldagi daromadlarini baholash. 
4. Diskontirlangan qiymat asosida loyihalarni baholash va unga inflyatsiyaning ta`siri. 
Tayanch so’z va iboralar: Asosiy va aylanma kapital mablag`, ssuda foizi, loyiha, 
investitsiya, investitsiyani qoplash, jamg`arma, qiymatni diskontlash, ziyon miqdori, investitsiya 
samaradorligi, obligatsiya qiymati, yer bozori, er rentasi, absolyut renta, differentsial renta, yer 
narxi. 
1. Asosiy va aylanma kapital mablag`lar. 
 
Kapital-bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning 
yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. 
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, 
texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish tsiklida o`z qiymatini 
tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim 
fabrikatlar va hokazolar). 
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o`z qayta takror ishlab chiqaradi, ya`ni 
u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. 
Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy 
eskirish-bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning 
unumdorligining kamayishi, ya`ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda 
unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, 
foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir. 
Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi. 
Masalan, uskuna 1000000 so`m bo`lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo`lsa, uning qiymati 10 
yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o`tkaziladi deb qaraydigan bo`lsak, har yilgi 
daromaddan 100000 so`mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo`ladi. 
Aylanma kapital bir yil davomida o`zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o`tkazib 
qayta tiklanadi. 
Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bog`liqdir. 
Kelajakda ko`proq daromad olish ishtiyoqi ko`pchilikni bugungi iste`molining bir qismidan voz 
kechib, uni jamg`arishga undaydi. Jamg`arilgan mablag` pul ko`rinishidagi kapital sifatida biror-
bir tadbirkorga ma`lum muddatga qo`shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi 
mumkin. Ushbu olingan qo`shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi. 

Download 426.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling