16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish
Download 426.36 Kb. Pdf ko'rish
|
5-МАВЗУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-mavzu. Kapital qo`yilmalar va kapital bozori.
- Tayanch so’z va iboralar
- 1. Asosiy va aylanma kapital mablag`lar. Kapital
17 Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-179 b. 0ABCDF 0A B C D F ' ' ' ' ' Davlat tomonidan yordam berilmagandagi, soliqlar to`lanmagandavirdagi Lorents egri chizig`i F 100 80 60 40 D D' 20 C C' B B' A A' E 100 80 60 40 20 0 Moddiy yordam berilgandan keyingi, soliqto`lo`vlarito`langandan keyingiLorents egri chizig`i Лоренцэгричизиғи Aholi foizi Aholi foizi 17-mavzu. Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Reja 1. Asosiy va aylanma kapital mablag`lar. 2. Diskontirlangan qiymat. 3. Firmalarning istiqboldagi daromadlarini baholash. 4. Diskontirlangan qiymat asosida loyihalarni baholash va unga inflyatsiyaning ta`siri. Tayanch so’z va iboralar: Asosiy va aylanma kapital mablag`, ssuda foizi, loyiha, investitsiya, investitsiyani qoplash, jamg`arma, qiymatni diskontlash, ziyon miqdori, investitsiya samaradorligi, obligatsiya qiymati, yer bozori, er rentasi, absolyut renta, differentsial renta, yer narxi. 1. Asosiy va aylanma kapital mablag`lar. Kapital-bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish tsiklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar). Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o`z qayta takror ishlab chiqaradi, ya`ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish-bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya`ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir. Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi. Masalan, uskuna 1000000 so`m bo`lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo`lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o`tkaziladi deb qaraydigan bo`lsak, har yilgi daromaddan 100000 so`mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo`ladi. Aylanma kapital bir yil davomida o`zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o`tkazib qayta tiklanadi. Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bog`liqdir. Kelajakda ko`proq daromad olish ishtiyoqi ko`pchilikni bugungi iste`molining bir qismidan voz kechib, uni jamg`arishga undaydi. Jamg`arilgan mablag` pul ko`rinishidagi kapital sifatida biror- bir tadbirkorga ma`lum muddatga qo`shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qo`shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi. Download 426.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling