16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish


Download 426.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana02.06.2024
Hajmi426.36 Kb.
#1837894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
5-МАВЗУ

Iqtisodiy renta. Biz yuqorida resurs qanchalik ko`p cheklangan bo`lsa, uning narxi ham 
shunchalik yuqori bo`lishini ko`rgan edik. SHuning uchun ham yuqori malakali mutaxassis har 
doim ortiqcha ish haqi oladi. Ushbu ortiqcha ish haqi iqtisodiy renta bo`lib, u ishchining qobiliyati 
yoki yuqori malakasi uchun to`lanadi.
Tarmoq mehnat bozorini ko`rib chiqaylik (97-rasm). 
97-rasm. Iqtisodiy renta 
98-rasm. Taklif cheklangandagi iqtisodiy renta.
15
Iqtisodiy renta-bu taklifi chegaralangan resursga to`lanadigan narxdir. 
2. Daromadlarni taqsimlanishi 
Daromadlar turi. Daromadlar iqtisodiyot nazariyasiga ko`ra ishlab chiqarishda qatnashgan 
omillarning shu ishlab chiqarishdan olinadigan umumiy daromadga qo`shgan hissasi bo`yicha 
taqsimlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tushadigan daromadni bunday taqsimlanishi 
jamiyat uchun kerakli bo`lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi. Ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar jamiyatdagi insonlarning turmush darajasini belgilab 
beruvchi baza hisoblanadi va bu boylikdan jamiyatdagi har bir shaxsning o`z ulushini olishi bozor 
sharoitida tengchilikka asoslanmaydi. Lekin, bunday taqsimlanishning tenglikka asoslanmaganligi 
ko`pchilikni qoniqtirmaydi. SHuning uchun ham davlat daromadlardagi notekislikni yumshatish 
uchun o`zining daromad siyosatini amalga oshiradi. 
Ishlab chiqarish omillari egasining daromadi omillar bozorida aniqlanadi. Ma`lumki, 
korxona egalari ishlab chiqarish omillarining egalariga (ishchi kuchi, kapital, erga) har bir 
15
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-161 b.
S
W
E
2
W
1
D
2
E
1
W
0
D
1
L
L
Iqtisodiy renta
W
S
L
E
Iqtisodiy renta
D
L
W
е
W
0
L
L
e


omilning chekli mahsulotiga ko`ra haq to`laydi. Ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini 
to`lagandan keyingi qolgan daromad korxona ixtiyorida qoladi va unga korxona egalarining 
iqtisodiy foydasi deyiladi. 
Mukammallashgan bozor nazariyasiga ko`ra, mukammallashgan bozorda ishlab chiqarish 
omillari egalari korxonadan, shu korxonada ishlatilgan omillari uchun olgan haqi, shu omillarning 
chekli mahsulotiga aniq teng bo`lsa, u holda iqtisodiy foyda nolga teng bo`ladi (agar masshtab 
samarasi o`zgarmas bo`lsa). 
Ma`lumki, korxonalar o`z kapitaliga ega, shu sababli ular o`z kapitalini ishlatgani uchun 
foyda oladilar.
SHunday qilib, bozor sharoitida quyidagi daromadlar asosiy daromadlar hisoblanadi: ishchi 
kuchi daromadi, kapitalga daromad (foizlarda), kichik firmalar daromadi, renta-er egalari 
daromadi, sof foyda. 

Download 426.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling