16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish


Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli


Download 426.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/25
Sana02.06.2024
Hajmi426.36 Kb.
#1837894
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
5-МАВЗУ

 
2. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli 
Bozor ojizligi-bu shunday hodisaki, bunda bozor resurslardan samarali foydalanishni 
ta`minlay olmaydi. 
Bozor ojizligini ko`rsatuvchi to`rtta turdagi vaziyat mavjud va bu vaziyatlar samarasiz 
vaziyat hisoblanadi: 
1. Monopoliya. 
2. Asimmetrik axborot. 
3. Tashqi samara. 
4. Ijtimoiy ne`mat. 
Ushbu vaziyatlarda bozorga davlatning aralashuvi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Bu 
muammolarni davlat monopoliyaga qarshi siyosat yuritish, ijtimoiy sug`urtalash, salbiy tashqi 
samaraga ega bo`lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni cheklash va ijobiy tashqi samaraga 
ega bo`lgan ishlab chiqarish va iste`molni rag`batlantirish orqali echishga harakat qilib kelmoqda. 
Hozirgi vaqta davlatning iqtisodiy funktsiyalari kengayib bormoqda. Bularga quyidagilar 
kiradi: infratuzilmani rivojlantirish; maorifni rivojlantirish; ishsizlikka nafaqa ajratish, har xil 
24
Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics.-Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.-P.-
68 Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics.-Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.-P.-
588


nafaqalar va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam berish va hokazolar. Bulardan bir 
qisminigina sof ijtimoiy ne`matga kiritish mumkin. Ularning ko`pchiligi jamoa va shaxslar 
tomonidan iste`mol qilinadi.
Hozirgi vaqtda jami yalpi mahsulot tarkibida davlatning xarajatlari ulushi barcha rivojlangan 
davlatlarda oshib borish tendentsiyasiga ega. Yuqoridagilardan tashqari davlat monopolizmga, 
inflyatsiyaga, ishsizlikka qarshi siyosat olib bormoqda, barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlashga 
e`tibor bermoqda, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni muvofiqlashtirish, ilmiy-texnik 
tadqiqotlarni qo`llab-quvvatlamoqda. 
Davlat iqtisodiyotda asosan ikkita masalani echishga harakat qilib kelmoqda: bozorni 
normal ishlashini ta`minlash va dolzarb bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni echish. 
SHuni ham aytish kerakki, davlatning bozor mexanizmiga asoslangan iqtisodiyotga 
aralashuvi o`zining chegarasiga ega bo`lishi kerak. Birinchi navbatda, davlatning bozor 
mexanizmiga aralashuvi bozor mexanizmini buzilishiga olib kelmasligi kerak. Davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi bozor mexanizmlarini ma`muriy boshqaruv bilan almashtirmasligi lozim. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ko`proq bozor mexanizmini kuchaytirishga yoki 
kamaytirishga olib kelishi maqsadga muvofiq. 

Download 426.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling