16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish
Download 426,36 Kb. Pdf ko'rish
|
5-МАВЗУ
Yerga talab. Erga bo`lgan talab ikki xil bo`ladi: qishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan erga talab va noqishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan talab. D = D q/x +D noq/x , bu erda D-umumiy talab; D q/x -qishloq xo`jaligi uchun talab; D q/x -noqishloq xo`jaligi talabi. Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (106-rasm). 106-rasm. Yerga talab. 22 Bu erda qishloq xo`jaligi uchun bo`lgan talab chizig`i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, er unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o`zgarmaganda foydalaniladigan erning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. 21 Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-171 b. 22 Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-171 b. S Q * Bir gektarga so`m gektar P Q 0 P So`m, gektar Pgektar D = D қ/х +D nоқ/х D nоқ/х D қ/х D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari er unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o`ynagan. Noqishloq xo`jalik sohalarining erga bo`lgan talab chizig`i ham manfiy yotiqlikka ega. Bu erda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi erlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga to`g`ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lmagan sohalar uchun erga bo`lgan talab o`sish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o`z ichiga uy-joy qurish uchun bo`lgan talabni, infratuzilma ob`ektlari uchun va sanoat ob`ektlari qurish uchun bo`lgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo`lganda ko`pchilik ortiqcha pulini er sotib olishga sarflaydi (erga bo`lgan inflyatsion talab). SHuning uchun ham er boylikni saqlash va uni ortishini ta`minlash ob`ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo`jalik erlarga talab erning hosildorligiga bog`liq bo`lmay, ko`proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bog`liqdir. Odatda shahar markazlaridagi er narxi yuqori bo`ladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa uning narxi kamayib boradi. Qishloq xo`jaligi uchun kerak bo`lgan erlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, erning joylashuviga (qishloq xo`jalik mahsulotlari iste`molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bog`liq. Qishloq xo`jalik erlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo`ladigan talab bilan belgilanadi. Ma`lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. SHuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga bo`lgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam o`zgaradi. Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab bo`lishi mumkin va aksincha, taklifning ko`payishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Download 426,36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling