16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish
Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil bo`lishi, tabaqalashuvi)
Download 426.36 Kb. Pdf ko'rish
|
5-МАВЗУ
Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil bo`lishi, tabaqalashuvi). SHaxsiy
daromadlarning tabaqalashuvining asosida ish haqining har xil bo`lishi yotadi. Ish haqining har xil bo`lishi esa quyidagi omillarga bog`liq: shaxslar qobiliyatining har xilligi, bilim darajasi, malakasi, tajribasi, mulkning va qimmatbaho qog`ozlarning notekis taqsimlanishi, ko`chmas mulkning notekis taqsimlanishi, ya`ni jamg`armaning notekis taqsimlanishi va hokazolar. Bulardan tashqari daromadlarning notekis taqsimlanishida omad, qimmatli axborotga ega bo`lish, tavakkalchilik, shaxsiy va oilaviy munosabatlar ham ma`lum rol o`ynaydi. Ushbu omillarning ta`siri har-xil, ba`zi hollarda ular daromadlarni taqsimlashga qaratilgan bo`lsa, ba`zi hollarda notekislikni kuchaytiradi. Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorents egri chizig`idan foydalaniladi. Lorents egri chizig`ini chizish uchun koordinata sistemasini chizamiz. Gorizontal o`q bo`yicha aholining yoki oilalarning foizlardagi ulushi ifodalanadi. Vertikal o`q bo`yicha-daromadlar foizi ifodalanadi (99-rasm). Lorents egri chizig`i F 100 80 60 40 D 20 C B A E 100 80 60 40 20 0 Tekis taqsimlanishi chizig`i 99-rasm. Lorents egri chizig`i. 16 Odatda aholini besh qismga bo`ladi, ya`ni besh kvintelga. Har bir kvintelga (beshdan bir qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining qismlari koordinata o`qiga eng kam daromadga ega bo`lgan qismidan boshlab to eng ko`p daromad oladigan qismigacha bo`lgan ketma-ketlikda joylashtiriladi. Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil bo`lsa, ya`ni daromad tekis taqsimlangan bo`lsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad to`g`ri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad to`g`ri keladi va hokazo. Grafikdagi 0F chizig`i daromadlarni absolyut tekis (teng) taqsimlanganligini ifodalaydi. 0EF chizig`i esa absolyut notekis taqsimlanganligini ifodalaydi. Lorents egri chizig`i 0ABCDF daromadlarni real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi. Amalda aholining eng kam ta`minlangan qismiga daromadni 5-6 foizi to`g`ri kelsa, eng boy aholi qismiga 40-45 foizi to`g`ri keladi. SHuning uchun ham Lorents egri chizig`i daromadlarni absolyut tekis va notekis taqsimlanishini ifodalovchi chiziqlar o`rtasida joylashgan. Daromadlar taqsimlanishi qancha notekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i shuncha E nuqtaga tomon botiq bo`ladi. Daromadlar taqsimlanishi qancha tekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F chizig`iga shuncha yaqinlashadi. Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasi Djini koeffitsientini deb belgilasak, u 0ABCDF yuzani (99-rasmda shtrixlangan yuza) 0FE uchburchak yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi: . Bu erda biz nominal daromadni taqsimlanishini ifodaladik. Nominal daromadga aholi tomonidan pul shaklida olingan barcha daromadlar kiradi: ish haqi, dividendlar, foizlar, barcha transfert to`lovlari (qaytarib olinmaydigan pul to`lovlari). 16 Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-178 b. Дж Дж S S ABCDF FE 0 0 Lekin, bu erda aholini o`z tomorqasidan oladigan daromadi, uyidagi chorva mollaridan tushadigan daromad, davlat tomonidan ta`limga, meditsina xizmatiga sarflanadigan mablag`lar, xayriya, ehsonlar hisobga olinmagan. Barcha rivojlangan mamlakatlarda daromadlarni qayta taqsimlash siyosati davlat tomonidan amalga oshiriladi. Progressiv, ya`ni o`sib boruvchi soliq tizimiga ko`ra, aholining boy qismidan yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadli qisimdan kamroq foizda soliq olinadi. Soliq to`lovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflanadi. Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sug`urtalash va kam ta`minlangan aholiga moddiy yordam berish dasturlari mavjud. Ijtimoiy sug`urtalash dasturiga ko`ra nafaqaxo`rlar, aholining ishga yaroqsiz bo`lgan qismi, boquvchisini yo`qotgan oila, nogironlar ijtimoiy sug`urtalanadi. Davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi bo`yicha ko`p bolali oilalarga yordam beriladi, oziq-ovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi. Davlatning daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F chizig`i tomonga siljiydi, ya`ni Lorents egri chizig`i holatdan holatga siljiydi (100-rasm). Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati istiqbolda o`zini samarasini beradi. Nima uchun deganda, kam ta`minlangan aholi o`qish, bilim olish imkoniyatiga ega bo`ladi va ular kelajakda jamiyat taraqqiyotiga o`z hissalarini qo`shadilar. 100-rasm. Daromadlarni qayta taqsimlanishi natijasida Lorents egri chizig`ining siljishi. 17 Download 426.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling