16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish


Download 426.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana02.06.2024
Hajmi426.36 Kb.
#1837894
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
5-МАВЗУ

- 
= 


Aholini turmush darajasini ifodalaydigan ko`rsatkichlardan biri bu yashash minimumi 
(projitochnыy minimum). Yashash minimumini sarflangan ishchi kuchini oddiy takror tiklash 
uchun zarur bo`lgan daromad deb qarash mumkin. Yashash minimumini minimal iste`mol 
korzinasi ham deb qaralishi mumkin. Yashash minimumi aholini qashshoqlik chizig`i sifatida ham 
qarash mumkin. Yashash minimumidan past daromad oladigan aholining qismi qancha ko`p 
bo`lsa, aholining qashshoqlik darajasi shuncha yuqori bo`ladi. 
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar iste`mol korzinasiga ko`ra hisoblanadi. 
Rivojlangan davlatlarda o`rtacha daromad iste`mol korzinasiga quyidagi tovarlar kiritiladi: uy-joy, 
avtomobil, uyning zamonaviy jihozlari, audio va video texnika, sayohat qilish imkoniyati
bolalarini kiyintirish, o`qitish, ilmiy asoslangan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ma`lum darajadagi 
jamg`arma. Odatda minimal iste`mol korzinaga boshlang`ich ehtiyojni qondiradigan tovarlar 
kiritiladi (kiyim-kechak, oziq-ovqat, minimal yashash sharoiti). 
Jamiyatdagi barqarorlik va aholining umumiy farovonligi ko`pincha ushbu aholi tarkibidagi 
o`rtacha sinfdagi aholining ulushi bilan ifodalanadi deb qaraladi. O`rtacha sinfdagi aholining 
mamlakatni hozirgi ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Bozor 
talabini shakllantirishda, ishlab chiqarishdagi faollikni ta`minlash o`rta sinfga qarashli aholiga 
ko`proq bog`liq. Rivojlangan davlatlarda o`rta sinfga qarashli aholi umumiy aholining 50 foizidan 
70 foizigachasini tashkil qiladi.Yuqorida ham ta`kidlab o`tdikki, bozor iqtisodiyoti o`z-o`zidan 
jamiyatdagi daromadlarni tekis taqsimlashni ta`minlamaydi, shuning uchun ham bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda har doim o`ta qashshoq, boy va o`ta boy aholi guruhlari 
saqlanib qoladi. TSivilizatsiyalashgan davlatlardagi iqtisodiy siyosat aholi daromadlaridagi keskin 
ravishda katta bo`lgan farqlarni qisqartirishga, daromadlarni ko`proq adolatli qayta taqsimlashga 
qaratilgan. Har bir tsivilizatsiyalashgan davlat nogironlarni, nafaqaxo`rlarni, ko`p bolali oilalarni 
ijtimoiy himoya qilishni o`z bo`yniga olishi zarur. 

Download 426.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling