16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish
Download 426.36 Kb. Pdf ko'rish
|
5-МАВЗУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiyaning ta`siri.
Investitsiyaga talab. Sof keltirilgan qiymat mezoniga ko`ra, investitsiya o`zini oqlaydi, agar
bo`lsa. Bu erda Demak, investitsiyaga talab funktsiyasi. Ushbu funktsiyaning grafigi kamayuvchi bo`lib, investitsiya "narxi" bilan, ya`ni foiz stavkasi bilan investitsiyaga qilinadigan xarajatlar o`rtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (103-rasm). 103-rasm. Investitsiyaga talab funktsiyasi grafigi. 19 Investitsiyaga talab funktsiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablag` qo`yishi mumkin bo`lgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin bo`lgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablag` qo`yish masshtabi kengayadi, ya`ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablag` bilan ta`minlanadi. Inflyatsiyaning ta`siri. Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining o`sishi joriy va kelajakda olinadigan mablag`lar nisbatini o`zgartiradi. SHuning uchun ham inflyatsiya darajasi loyihalarni baholashda e`tiborga olinishi zarur. Agar barcha tovarlarga, xizmatlarga va ishlab chiqarish resurslariga (ish haqiga ham) bo`lgan narxlarning darajasi o`sganda, ular o`rtasidagi nisbat o`zgarmasa, bunday o`zgarishga balanslashgan inflyatsiya deyiladi. Bunday holda, ya`ni narxlarning o`sish sur`ati bir xil bo`lganda loyihani tahlil qilishda inflyatsiyani hisobga olmasa ham bo`ladi. Nominal narxlardan, nominal foiz stavkasidan foydalanib daromadlar va xarajatlarni hisoblab, ularni solishtirish mumkin. Foyda va xarajatlarni belgilangan (solishtirma) narxlarda ham hisoblash mumkin, lekin bunday holda real foiz stavkasidan foydalanish kerak bo`ladi. 19 Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-168 b. i i T NPV 0 NPV 0 t NPV I R C i . NPV I f i ( ) 0 f i R C i t t t t T ( ) . 1 1 I f i ( ) i I 0 Agar har bir tovar, xizmat va resurs o`zining narx o`sish sur`atiga ega bo`lsa, inflyatsiya balanslashmagan bo`ladi. Balanslashmagan inflyatsiya loyiha bo`yicha hisob-kitoblarni murakkablashtirib yuboradi. Download 426.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling