16-mavzu. Qiyaliklardagi tog` jinslarining turg`unlik sharti Reja


Tog` jinslarining harakat turlari


Download 76.49 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi76.49 Kb.
#1369633
1   2   3
Bog'liq
16-mavzu-GMZP ma`ruza

Tog` jinslarining harakat turlari
Ko`chkilar

Ko`chkilar paydo bo`lishining asosiy sabablari - qiyalikni muvozanat holatidan chiqaruvchi va ko`chki shaklini keltirib chiqaruvchi tabiiy sharoitning o`zgarishi.


Tabiiy sharoit va uning o`zgarishi deganda: neotektonika, qiyalik topografiyasi, jinslarning geologik tuzilishi, yer osti suvlarining taqvimi, sirt suvlarining ta’siri, insoniyatning xo`jalik faoliyati nazarda tutiladi.
Turg`unlik yo`qotilishi shakllari: o`pirilishlar va ag`darmalar; qirqilish va buralish bilan o`pirilish; siljish; ko`chish; yuvilish orqali o`pirilish; sinish:
1. O`pirilishlar va ag`darmalar. Portlashlar va seysmik silkinishlar ta’sirida sementlashgan gillarda va qoyatoshlarda namoyon bo`ladi. Shuningdek qirg`oqlar yuvilishi va yoriqlar paydo bo`lishi sabab bo`lishi mumkin;
2. Qirqilish va buralish bilan o`pirilish. Gilli jinslarda sodir bo`ladi. Qulab tushgan blok sirpanadi va ag`anaydi. Natijada qiyalik namligi ortadi yoki zo`riqishlar qayta taqsimlanadi;






58-rasm. Qiyaliklar turg`unligining buzilishi va deformatsiyalarining asosiy shakllari (N.N.Maslov bo`icha): a - o`pirilishlar va ag`darmalar; b - qirqilish va buralish bilan o`pirilish; v - siljish; g - yuvilish orqali o`pirilish; d - qoplama o`pirilish; e - cho`kishda yorilish; 1 – yo`l; 2 – kanal; 3 – daryo; 4 – ko`chki delyuviy


3. Sirpanish. Sirpanish sirti suvga to`yingan gillar, gillarning yoki slaneslarning alohida qatlamlari bo`lishi mumkin;
4. Ko`chkilar;
5. Yuvilish orqali o`pirilish;
6. Cho`kishda yorilish.

Ko`chkilar bilan kurashish choralari
Ko`chkilar bilan kurashish choralari – aktiv va passiv turlarga bo`linadi. Passiv usullar – ko`chkilar yo`q joylarda yoki ko`chkilarning ta’sir doirasidan tashqarida ko`chkiga qarshi inshootlarni qurish joylarini tanlashdan iborat.
Aktiv usullar – ko`chkiga qarshi chora-tadbirlar majmuasi va ko`chkiga qarshi inshootlar qurish.
Ko`chkiga qarshi chora-tadbirlar: yuvilishga qarshi kurashish, qiyalik va nishabliklarni qayta qurish, yer osti suvlarini doimiy qochirish, tashqi suvlar oqimini boshqarish, o`simliklar yordamida mustahkamlash, qiyaliklarni qoplamalar bilan yopish, gruntlar melioratsiyasi.
Ko`chkiga qarshi tadbirlar 2 guruhga bo`linadi:
1) qiyalik asosining yuvilishiga qarshi kurashish – qirg`oqlar turg`unligini oshiruvchi devorlar, to`lqin qaytaruvchi devorlar, jarliklar va soylarda temirbeton lotoklar o`rnatish, oqim yo`nalishini boshqaruvchi ko`tarmalar, suv qochirgichlar qurish va o`zan oqimini to`g`irlash;
2) ko`chkilarni mexanik tarzda ushlab turish - tirkov devorlari, qoziqlar, kontrforslar o`rnatish.


Download 76.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling