Vaqt o`tishi bilan cho`kishning o`tishi. Bir o`lchamli
filtratsion konsolidatsiya nazariyasi
Biz grunt massividagi barcha deformatsiyalar tugagandan so`ng sodir bo`ladigan to`liq barqaror cho`kish miqdorini hisoblashni o`rgandik. Endi bizning oldimizda gruntga yuk qo`yilganidan so`ng t vaqt o`tganida sodir bo`ladigan gruntdagi deformatsiyaning miqdorini hisoblash masalasi turadi.Vaqt birligida cho`kishni hisoblash uchun faqat suv bilan to`yingan holatdagi gruntlarga mos keladigan filtratsion konsolidatsiya nazariyasi mavjuddir. Bu holatda gruntning zichlanishi undan siqib chiqariladigan suvga bog`liq bo`lib, jarayonning kechishi tashqi yukning miqdoriga, gruntning dastlabki zichligiga va o`zidan suv o`tkazuvchanlik koeffitsientiga bog`liq bo`ladi.
Nazorat savollari
Siljituvchi kuchlarning asosiy omillari nimalardan iborat?
Ushlab turuvchi kuchlarning asosiy omili nimalardan iborat?
Siljituvchi kuchlarni orttirish omillari nimalardan iborat?
Ushlab turuvchi yoki qarshilik ko`rsatuvchi kuchlarni pasaytiruvchi omillar nimalardan iborat?
Ko`chkilar paydo bo`lishining asosiy sabablari.
Turg`unlik yo`qotilishi shakllari.
Ko`chkilar bilan kurashish choralari qanday turlarga bo`linadi?
Bir o`lchamli filtratsion konsolidatsiya nazariyasi to`g`risida nima bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |