16-mavzu. Qiyaliklardagi tog` jinslarining turg`unlik sharti Reja


Download 76.49 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi76.49 Kb.
#1369633
  1   2   3
Bog'liq
16-mavzu-GMZP ma`ruza


16-MAVZU. Qiyaliklardagi tog` jinslarining turg`unlik sharti

Reja

  1. Tog` jinslarining harakat turlari

  2. Ko`chkilar

  3. Ko`chkilar bilan kurashish choralari

  4. Vaqt o`tishi bilan cho`kishning o`tishi. Bir o`lchamli filtratsion konsolidatsiya nazariyasi

Nurash maxsulotlarining joylashish harlakteri bo`icha quyidagi turlari mavjud siljish qiyaliklari, ko`chkilar va ko`chgan mahsulotlar uyimlari.
Qiyaliklardagi tog` jinslarining turg`unligi ularni surishga harakat qiluvchi kuchlar bilan ucharni ushlab turuvchi kuchlar orasidagi munosabatga bog`liq.
Turg`unlikka hisoblash asosida quyidagi sxema yotadi (57 rasmga qarang), bu yerda
h - qiyalik yoki yonbag`irning balandligi;
α - qiyalik burchagi;
G - grunt elementi hajmining og`irligi;
N - og`irlikning normal tashkil etuvchisi;
T' - siljituvchi kuch;
T - ushlab turuvchi kuch.

T'=G·Sin α;
T=N·tg φ + c·ℓ;
T= G·Sin α·tg φ + c·ℓ,

bunda φ – ichki ishqalanish burchagi;


c – ilashish koeefitsiyenti (zarrachalar orasidagi bog`lanishlar), qum uchun c=0;
– turg`unlik koeffitsiyenti, k – ushlab turuvchi kuchlarning siljituvchi kuchga nisbati.

5 7-rasm


k = 1 T = T' – chekli muvozanat sharti;
k > 1 T > T' – o`ta turg`unlik;
k < 1 T < T' – turg`unlikning yo`qotilishi.
Demak, siljituvchi kuchlarning asosiy omillari bu og`irlik kuchi – G va qiyalik shakli – α. Ushlab turuvchi kuchlarning asosiy omili – bu ichki ishqalanish burchagi va ilashish koeffitsiyentiga bog`liq bo`lgan gruntning mustahkamligidir.
Siljituvchi kuchlarni orttirish omillari: inshootdan tushgan yuk, handaq yonidagi grunt massasidan tushgan yuk, kavalerdan tushgan yuk, qiyalik tikligining ortishi.
Ushlab turuvchi yoki qarshilik ko`rsatuvchi kuchlarni pasaytiruvchi omillar: namlik ortishi hisobiga grunt mustahkamligining pasayishi, muzlash va erish, dinamik ta’sirlar, yoriqlarning paydo bo`lishi, qiyalikning yaqin atrofida handaq qazish.


Download 76.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling