16-mavzu. Qiyaliklardagi tog` jinslarining turg`unlik sharti Reja
Tog` jinslarining harakat turlari
Download 76.49 Kb.
|
16-mavzu-GMZP ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`chkilar bilan kurashish choralari
Tog` jinslarining harakat turlari
Ko`chkilar Ko`chkilar paydo bo`lishining asosiy sabablari - qiyalikni muvozanat holatidan chiqaruvchi va ko`chki shaklini keltirib chiqaruvchi tabiiy sharoitning o`zgarishi. Tabiiy sharoit va uning o`zgarishi deganda: neotektonika, qiyalik topografiyasi, jinslarning geologik tuzilishi, yer osti suvlarining taqvimi, sirt suvlarining ta’siri, insoniyatning xo`jalik faoliyati nazarda tutiladi. Turg`unlik yo`qotilishi shakllari: o`pirilishlar va ag`darmalar; qirqilish va buralish bilan o`pirilish; siljish; ko`chish; yuvilish orqali o`pirilish; sinish: 1. O`pirilishlar va ag`darmalar. Portlashlar va seysmik silkinishlar ta’sirida sementlashgan gillarda va qoyatoshlarda namoyon bo`ladi. Shuningdek qirg`oqlar yuvilishi va yoriqlar paydo bo`lishi sabab bo`lishi mumkin; 2. Qirqilish va buralish bilan o`pirilish. Gilli jinslarda sodir bo`ladi. Qulab tushgan blok sirpanadi va ag`anaydi. Natijada qiyalik namligi ortadi yoki zo`riqishlar qayta taqsimlanadi; 58-rasm. Qiyaliklar turg`unligining buzilishi va deformatsiyalarining asosiy shakllari (N.N.Maslov bo`icha): a - o`pirilishlar va ag`darmalar; b - qirqilish va buralish bilan o`pirilish; v - siljish; g - yuvilish orqali o`pirilish; d - qoplama o`pirilish; e - cho`kishda yorilish; 1 – yo`l; 2 – kanal; 3 – daryo; 4 – ko`chki delyuviy 3. Sirpanish. Sirpanish sirti suvga to`yingan gillar, gillarning yoki slaneslarning alohida qatlamlari bo`lishi mumkin; 4. Ko`chkilar; 5. Yuvilish orqali o`pirilish; 6. Cho`kishda yorilish. Ko`chkilar bilan kurashish choralari Ko`chkilar bilan kurashish choralari – aktiv va passiv turlarga bo`linadi. Passiv usullar – ko`chkilar yo`q joylarda yoki ko`chkilarning ta’sir doirasidan tashqarida ko`chkiga qarshi inshootlarni qurish joylarini tanlashdan iborat. Aktiv usullar – ko`chkiga qarshi chora-tadbirlar majmuasi va ko`chkiga qarshi inshootlar qurish. Ko`chkiga qarshi chora-tadbirlar: yuvilishga qarshi kurashish, qiyalik va nishabliklarni qayta qurish, yer osti suvlarini doimiy qochirish, tashqi suvlar oqimini boshqarish, o`simliklar yordamida mustahkamlash, qiyaliklarni qoplamalar bilan yopish, gruntlar melioratsiyasi. Ko`chkiga qarshi tadbirlar 2 guruhga bo`linadi: 1) qiyalik asosining yuvilishiga qarshi kurashish – qirg`oqlar turg`unligini oshiruvchi devorlar, to`lqin qaytaruvchi devorlar, jarliklar va soylarda temirbeton lotoklar o`rnatish, oqim yo`nalishini boshqaruvchi ko`tarmalar, suv qochirgichlar qurish va o`zan oqimini to`g`irlash; 2) ko`chkilarni mexanik tarzda ushlab turish - tirkov devorlari, qoziqlar, kontrforslar o`rnatish. Download 76.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling