16-mavzu. Tijorat banklari va ularning funktsIYalari


Bankni davlat royxatidan o’tkazish bosqichi


Download 67.23 Kb.
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi67.23 Kb.
#220945
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
16-MAVZU. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FUNKTsIYalARI.

2. Bankni davlat royxatidan o’tkazish bosqichi.

Bu bosqich uch davrni o’z ichiga oladi:

Bank ochish haqidagi ariza bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak:

-yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish boyicha xujjat;

-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo’lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;

-muassis aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi;

-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o’z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig’ilishining bayonnomasi.

O’ayd etib o’tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi.

Bo’lardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to’g’risidagi ma’lumotlar: bank kengashi a’zolari royxati (kengash raisi, uning birinchi o’rinbosari) ko’rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashqiliy to’zilishi, ichki audit to’g’risidagi Nizomi, kredit siyosati to’g’risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish mo’ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim.

Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo’ladi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi:

-tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori;

-norezident bankning O’zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi;

-bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti bilan o’z mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat;

-bank nazorati organining muassis bankning o’zi joylashgan va royxatdan o’tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma;

-muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun to’zilgan, auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti;

-bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo’lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig’i.

Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo’ladi.

Bo’lardan tashqari, xorijiy muassislar O’zbekiston Respublika- sida yangi tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan banklarning ustav kapitalida ishtirok etgan taqdirda;

-xorijiy norezidentning to’lovga qobiliyatliligi to’g’risida unga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan berilgan tasdiqnoma;

-O’zbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etilishida ishtirok etish uchun mazkur mamlakat nazorat organining roziligi;

-muassis mansub mamlakatning savdo reestridan ko’chirma yoki yuridik maqomini tasdiqlovchi boshqa muqobil hujjat.

Xorijiy kapital ishtirokidagi banklarda bank kengashining kamida bitta a’zosi O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tashkil etish uchun zarur bo’lgan barcha zarur hujjatlarni talab qilishga haqli bo’ladi. Taqdim etilgan hujjatlar Markaziy bank tomonidan ikki oy muddat ichida ko’rib chiqilishi kerak.

Markaziy bank bank faoliyati bilan shug’ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko’rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasiga ham e’tibor qaratadi.



Download 67.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling