16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
.МA’NAVIY QADRIYATLARNING NAMOYON BO‘LISHI XUSUSIYATLARI
Boybekova Shahnoza Aliyevna
Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi
Tel: 90 320-50-62
Annotatsiya:maqolada ma’naviy qadriyatlar tushunchasi, uning shakllanishi va o‘ziga xos 
xususiyatlari haqidagi qarshlar bildirilgan. Ma’naviyatni rivojlantirish jarayonida qadriyatlarning 
tutgan o‘rni va ahamiyati masalasi ilgari surulgan.
Kalit so‘zlar: qadriyat, nomus, vijdon, mentalitet, tafakkur, ma’naviy muhit, turmush tarzi, 
axloq.
Qadriyat shakllari orasida ma’naviy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. “Ma’naviy qa-
driyatlar” tushunchasi inson ma’naviyati va axloqiy qiyofasiga, jamiyatning ma’naviy hayo-
tiga daxldor bо‘lib, odamlarni tarbiyalashga, ularningbarkamolligini ta’minlashga, millatlar va 
jamiyatlarni ezgulik va bunyodkorlikka undashga xizmat qiladigan qadriyatlar tizimini ifoda-
laydi. Mazkur tushunchada ma’naviy qiyofa, tafakkur va turmush tarzi, mentalitet, urf-odatlar, 
an’analar, Vatan va xalqiga, о‘zgalarga nisbatan munosabat, tinchlik va totuvlik, barqarorlik va 
bunyodkorlikka intilish va hokazolarning qadr-qimmati yaqqol namoyon bо‘ladi. Bunda inson 
tarbiyasi va kamolotida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan, jamiyat va shaxs ma’naviyatini yuk-
saltiruvchi, tafakkur rivojida beqiyos ahamiyat kasb etadigan qadriyat shakllari tushuniladi.
Ma’naviy qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi va shu ma’noda ijtimoiy muhit ularni 
yaratish hamda takomillashtirishning asosiy manbaidir. Bu qadriyatlarni anglash kishining о‘z 
millati, yurti, eliga tegishli qadriyatlarni asrab-avaylashga xizmat qiladi, о‘ziga ishonch va hur-
matni mustahkamlaydi, Vatan istiqboliga katta umid bilan qarashga undaydi. Muayyan millat 
о‘z qadriyatlarini qanchalik asrab-avaylasa, uning taraqqiyotida ma’naviy va moddiy omillar 
uyg‘unligi shunchalik mustahkam va barqaror bо‘ladi.
Fanda ma’naviy qadriyatlarning qator funksiyalari о‘rganiladi. Ular avvalo, jamiyat 
a’zolarining о‘z о‘zini tarbiyalashga, ajdodlardan meros qolgan qadriyatlar va ideallarga mu-
nosib bо‘lishga undaydi. Bu jarayonda ikki xil holat kuzatiladi.Birinchisida ma’naviy qadriyat-
lar jamiyat a’zolari tomonidan ongli tarzda yaratiladi, ya’ni odamlar о‘zlarida mavjud bо‘lgan 
ma’naviy meyorlar va mezonlar haqidagi tushunchalar asosida ularga mos keladigan qadriyat 
va ideallarni yaratadi. Bunday say-harakatlar jamiyat a’zolarining ma’naviy faolligini oshiradi, 
izlash, izlanish va yaratuvchanlikka chorlaydi. Ikkinchi holatda esa, jamiyat a’zolari tomonidan 
о‘zlashtirilgan bilim, turli urf-odatlar yoki boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar jarayonida olgan 
tushuncha, bilim va taassurotlar ham ma’naviy qadriyatlarning takomillashuviga xizmat qiladi.
Ma’naviy qadriyatlarning shakllanishida har ikki holatning ta’siri kuzatiladi. Bunday qadri-
yatlar ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan madaniy, ma’rifiy, axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy 
va hokazo turlarga bо‘linadi. Ular insonning aqli, kamoloti, dunyoni bilish maqsadi, bilimlarin-
ing haqiqatga mos kelish darajasini aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida namoyon bо‘ladi. 
Ma’naviy qadriyatlarning inson tarbiyasi va jamiyatdagi о‘rniga doir asosiy funksiyasi ana shu 
bilan bog‘liq. Ushbu qadriyatlarning yana bir muhim jihati shuki, ularning ba’zilari insoniyat 
tarixi davomida asta-sekin shakllanadi va takomillashib boradi. Ma’naviy qadriyatlar va qadriyat 
mezonlari muayyan jamiyat ma’naviyati va unga mansub kishilarning xulq-atvorini tartibga sol-
ish va tо‘g‘ri yо‘naltirish funksiyasini ham bajaradi. Bunda о‘ziga xos ma’naviy boshqarishning 
samaradorligiga erishish nihoyatda muhim.
Madaniy taraqqiyotga xos bо‘lgan umumiy qonuniyatlardan biri – ma’naviyatning tо‘xtovsiz 
ravishda yangilanib borishi bilan bog‘liq uzluksiz va takrorlanib turuvchi jarayondan iborat-
dir. Ma’naviy hayot jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy meyorlarga asoslanadi.Lekin bu meyorlar 
о‘z-о‘zidan vujudga kelib, rivojlanmaydi, balki shu jamiyat fuqarolari, faol shaxslar ishtirokida 
amalga oshadi. Demak, ma’naviy hayotning yangilanib borishi va yashovchanligi, avvalambor, 
shu jamiyat fuqarolar zimmasiga yuklatadigan asosiy mas’uliyatdir. Shaxsning ma’naviy yuk-


30

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling