16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Biologik omil (irsiyat) . 2.Ijtimoiy omil (muhit). 3. Maqsadli
2
Июнь 17 bo‘ladi. Milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr oqibat, muruvvat, andisha, or nomus, sharm-u hayo, ibo, iffat kabi betakror fazilatlar, xalqimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bagrikenglik, mehmondo‘stlik, oqko‘ngillilik, xususiyatlarini tavsiflash orqali ularni butun qadriyat darajasida o‘ringa ega ekanligini unutmasligimiz lozim Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch .I.A Karimov.(Ma`naviyat 2008) 2. WWW.“Ziyonet”.uz tarmog‘idagi ma’lumotlar. 36 2 Июнь 17 SHAXS VA UNING FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Murzaeva Shahlo Baxtiyorovna TKTI “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi asissenti Telefon: +998909039991 Anotasiya: Bu maqolada shaxs va uning faoliyatiga ta’sir etuvchi bir nechta omillar. Bulardan: biologik omil, ijtimoiy omil xamda maqsadli tarbiya haqida so‘z boradi. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Shaxs,omil, tarbiya, faoliyat, muhit, xulq-atvorini,o‘smirlik, xulq-atvor, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya masalalari davlat siyosatida ustuvor o‘rin tutish bilan birga keng jamoatchilik ishtirokini ham talab qilishiga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Bu esa 5 ta ustuvor strategik yo‘nalishlar bo‘lib, uning diqqat markazida shaxs va uning faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar orqali ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazarida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirish orqali shaxs va uning faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar yordamida tarbiyalash davr talabidir. Shaxs – ruhiy jihatdan sog‘lom, o‘z xususiyati va sifatlari (xulq-atvori) bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a’zosi bo‘lib, ijtimoiy hayot mahsuli sifatida namoyon bo‘luvchi hilqatdir. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o‘tib borish xususiyatlari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi. Shaxsning rivojlanishi (shakllanishi) qiyin, murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘plab ichki va tashqi ta’sirlar va omillar orqali ro‘yobga chiqadi. Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shaxs shakllanishi deganda biz shaxsning ham jismoniy ham aqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to‘g‘ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’sir sabab va vositalarini bilish zarur. Shaxsning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bular 1.Biologik omil (irsiyat). 2.Ijtimoiy omil (muhit). 3. Maqsadli Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling