16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

tarbiya (ta’lim va tarbiya, shaxs faoliyati). Biologik omil. Ma’lumki, shaxs, inson tirik 
organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi 
va fiziologiyasiningmaxsus qonunlariga bo‘ysunadi.Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan 
irsiyat ya’ni nasl-nasabning ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki har bir bola ota-onasidan 
meros shaklida ba’zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko‘zning, terisining rangi, 
bo‘yi-basti va boshqalarga) ega bo‘lgan holda dunyoga keladi. Bularga jismoniy xususiyatlar 
ham deb ataladi. Shaxsning fiziologik xususiyatlariga oliy nerv faoliyatining tug‘ma o‘tishiga 
aytiladi. Irsiylik – kishining o‘ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, 
tashkiliy jihatlar, ota-ona tomonidan irsiy birliklar orqali o‘tadigan xususiyatlar (belgilardir). 
Biologik omilning inson shakllanishidagi o‘rni muhim va o‘ziga xos irsiyatning ahamiyatini 
inkor etib bo‘lmaydi, insonga xos xususiyatlar – aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va 
nutq ham tug‘ma o‘tishi mumkin, lekin bu tug‘ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun shaxs insoniy 
muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va 
ma’lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozim. Biologik omilning o`ziga xos xususiyati gen, 
gendagi o`zgarishlar, irsiyat kiradi, masalan, otasida bor bo`lgan ishki his-tuyg`u, xarakterning 
farzandda namoyon bo`lishi, yoki qizining xatti-xarakterlarining onasiga o`xshashligi. Demak, 


37
2
Июнь
17
shaxsning sog`lom shakllanishida ota-onalarning, qarindosh- urug`ning nasli toza saqlanishi 
kerak. Gendagi ijobiy va salbiy xislatlar qiz bolaning turmushga chiqishi orqali yangi bir 
avlodga o`tadi, masalan qiz bolaning avlodida ilmli yoki biror bir kasbga kuchli qiziqish bo`lsa 
o`zidan keying avlodga albatta ta`sir etadi. A.Navoiy, A.Temur, I.Sino, Betxovenlarni misol 
qilib keltirish mumkin. Shaxsning shakllanishida nutq, aqliy tafakkur va mehnat asosiy vazifani 
bajaradi. Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o‘rni muhim bo‘lib, Alisher Navoiy 
– shoir, Eynshteyn – fizik, Ulug‘bek – astronom, Ibn Sino – tabib bo‘lib tug‘ilmagan, albatta. 
Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste’dodga aylanashida gen, irsiyat, ijtimoiy muhit, 
ta’lim-tarbiya muhim rol o‘ynagan. Umumiy holda olib qaraganda ijtimoiy muhit va biologik 
omillar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, shaxsning shakllanish jarayonini ijobiy yoki salbiy tomonga 
o‘zgartirish mumkin. Ijtimoiy omil (sotsium)– Muhit bu shaxsga ta’sir etuvchi tashqi hodisalar 
kompleksidir. Maqsadli tarbiya omili. Ta’limni isloh qilishga oid qabul qilingan qonun va 
dasturlarning asl mohiyati esa barkamol insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgandir. 
Mazkur talabni amalga oshirish esa tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimоv I.A. Barkamоl avlоd – O‘zbekistоn taraqqiyotining pоydevоri. Tоshkent, 1997 
yil.
2. M.E.Axmedova Pedagogika nazariyasi va tarixi Toshkent 2011 y.


38

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling