16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
YOSHLAR ONGI VA RUHIYATIGA MILLIY G‘OYANI SINGDIRISHDA
G‘OYAVIY TARBIYANING O‘RNI
Seytmetova Sharofat Sharipovna
Xiva tumani 26-son maktab MMIBDO‘
Telefon: +998 (90) 558 20 67
xasanboy_muxammatovich88@mail.ru
Nurjonova Zamira Qadamovna
Xiva tumani 15-son maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (93) 287 85 30
shohista_qizi9090@umail.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim-tarbiyaning istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish 
imkoniyatlari hamda milliy g‘oyani yoshlar ongi va ruhiyatiga singdirishda yangi innovatsion 
texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Tarbiya, ta’lim, ta’lim-tarbiya jarayoni, g‘oyaviy ta’lim-tarbiya usullari, milliy 
tarbiya, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya asoslari, g‘oyaviy-mafkuraviy saviya. 
Ma’lumki tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra, keng va tor ma’nolarda istefoda etiladi hamda ijtimoiy 
hayotda amal qiladi. Keng ma’noda oladigan bo‘lsak, tarbiya ijtimoiy-madaniy tajribalarni aniq 
maqsadni ko‘zlagan holda avloddan-avlodga o‘tkazadigan va shaxsning kamol topishi uchun 
shart-sharoitlar yaratadigan alohida jarayondir. 
Tor ma’noda esa, ma’naviy madaniyatni tarbiyalash - yoshlarni ijtimoiy turmushning murakkab 
vaziyatlariga moslashtirish yo‘lida kattalarning birgalikdagi aniq maqsadga yo‘naltirgan faoliyatini, 
ya’ni etuk shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish jarayonini anglatadi. 
Ushbu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shuning uchun ham yoshlar ma’naviy 
madaniyatini shakllantirishning samarali tashkiliy va pedagogik uslublari, vositalari ishlab 
chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi zarur. Milliy ta’lim-tarbiya tizimining turli shakl va 
vositalari milliy g‘oyani ro‘yobga chiqarish, barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bosh 
maqsadga erishishni ta’minlovchi xalqimizning milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga 
va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan bo‘lishi lozim.Inson va insoniyat hech qachon tashqi 
dunyodan o‘zini qurshab turgan olamdagi o‘zgarishlar, rivojlanishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, 
voqealar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi 
davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyyosi kuchlar, ular o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa 
ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta’sirlar odamlar ongi, tafakuri va dunyoqarashiga ta’sir 
etmasdan qolmaydi.
XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari 
bilan birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan 
ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi. 
Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ta’lim samaradorligi 
o‘quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan 
xolda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish 
uchun imkoniyat yaratadi. 
Navqiron avlod davr ruhida ma’naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot mevasidan 
oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan, bizning o‘z 
oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni bunyod etishimiz 
ham qiyin. Mana shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib shakllantirish
voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir. 
Dunyoqarashimizga hamoxang tarzda shakllanib borayotgan amaliy hatti-harakatlarimizda 
yangiliklar shu qadar ko‘pki, ularni oxirgi paytda ijtimoiy innovatsiyalar tushunchasi orqali 
izohlamoqdamiz. 


41

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling