16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Milliy g‘oya:asosiy tushuncha va tamoyillar.(darslik) –T.: Akademiya, 2005. 2. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Akademiya nashriyoti. 2007. 3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovasion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). –T.: «Iste’dod» jamg‘armasi, 2008. 42 2 Июнь 17 YOSHLARNI G‘OYAVIY-MAFKURAVIY TARBIYALASH MASALALARI Shoniyozova Madina Qarshi davlat universiteti talabasi (91)224-84-17 Annotatsiya: bugungi kunda yoshlarni g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyalash jarayoni va unga ta’sir ko‘rsatuvchi dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar:g‘oya, mafkura, globallashuv, ma’rifat, din. Hozirgi davr – bunyodkor va vayronkor g‘oyalarning o‘zaro kurashi kuchaygan davr. Nima uchun kishilarning ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? Chunki muayyan g‘oya tom ma’noda g‘oya bo‘lishi uchun inson qalbidan mustahkam joy olishi va kishilar ongini egallashi zarur. Insoniyat tarixidan ma’luumki, qaysi bir davlatni ikkinchi bir davlat o‘ziga mustamlaka, tobe’ bo‘lishi uchun unga nisbatan kuchli qo‘shin yordamida qurolli hujum uyushtirgan. Hozirgi davrga kelib esa harbiy texnika yuksak darajada rivojlangan va ayrim davlatlarning o‘z yadro quroliga ega ekanligi, davlatlarni bir – biriga harbiy salohiyat jihatidan tenglashtirdi. Milliy g‘oya har bir yoshda milliy g‘urur va iftixorning paydo bo‘lishi hamda ular qalbida yuksak vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantirishda jumladan turli zararli illatlar va tahdidlarga chek qo‘yishda milliy tarbiyaning vositasi ekanligi inobatga olinmoqda Mamlakatimizda yosh avlodning yangicha tafakkur sohiblarini yetishtirish ,turli axborot xurujlari kuchaygan hozirgi tahlikali bir davrda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy -ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish ,huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda yoshlar ongida milliy g‘oyani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Yoshlarni mafkuraviy-g‘oyaviy immunitetini shakllantirishdagi yana bir muhim omil bu, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni maktablarda, kollejlarda, mahalla dargohlarida ko‘plab tashkil etilishidir. Chunki, bu tadbirlardan tomoshabinlar, o‘quvchilar anchagina mafkuraviy ozuqa oladilar. Bu yo‘lda barcha pedagoglar qatori jamiki fuqarolar bir tanu bir jon bo‘lib targ‘ibot tashviqot ishlarini birdek olib borishlari zarur. Jamiyatimiz rivojlani-shida, ravnaq topishida, rivojlangan davlatlar qatorida bo‘lishida bilimli, mafkurasi yuqori yoshlar alohida o‘ringa ega. Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongida mustaqil e’tiqod va dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangi jamiyat barpo etish jarayonining faol ishtirokchilariga aylantirish milliy g‘oyaning asosiy maqsadlaridan biridir. Yoshlar ayni vaqtda jamiyatga yangi g‘oyalarni tashuvchi va tarqatuvchi faol ijtimoiy kuchdir. Bundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish sharoitida yoshlar ishtirokini ta’minlash muhim masaladir. Yoshlarning jamiyatdagi faol ishtiroki ,eng avvalo ularning ongi va tafakkuri o‘zgarishi orqali amalga oshiriladi. Jamiyatimizni yangilash ,yoshlarning ongini tashqi tahdidlardan ,salbiy illatlardan himoyalashda milliy g‘oyadek samarali va ta’sirchan vosita yo‘qligi hech kimga sir emas. Shuning uchun ham yoshlarning ongiga milliy g‘oyamizni singdirish mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanganligi biz yosh avlodning yana bir karra yutug‘imiz desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma- xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o‘ziga qaram qilishga bo‘layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu diniy- siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g‘oyasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U diniy-ma’naviy zamindagi uyg‘unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-texnik sohalardagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling