16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
Kalit so‘zlar: Tohir Malik, Aleksandr Dyuma, Umar ibn Hattob, Antuan de Sent- Ekzyuperi.
Inson hayotda yashashi, umri davomida ko‘rganlari, o‘qiganlari, o‘rganganlari kabilar bilan o‘zgarmaydi aksincha, o‘z-o‘zi, ya’ni o‘zligini topa boshlaydi.Balki aksincha o‘zgara – o‘zgara o‘zligini topa boshlaydi. Yaqin kishilarimizga o‘zlariga yarasha munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz, o‘zligini topishni qiyinlashtiramiz, uzoqlashtiramiz. Agar ularga o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq odamlar deb yondoshsak, ularni biz yanada yaxshiroq bo‘lishga majbur qilamiz. Ishonmasangiz sinab ko‘ring va sabr qiling.Siz unga qilgan muomalangiz bilan yoqish uchun emas uni odamiyligini topishda yordam berish uchun harakat qilsangiz bu sizning yuksak nuqtai nazaringizdan bo‘ladi. Chunki, eng kulgili xohish- bu barchaga yoqish istagidir.Bu istak odamni odamiyligini yo‘qotishga, g‘aflat botg‘ogi sari undaydigan bir holat kabidir. Turli adabiyotlar o‘qir ekanman, mutolaa qilgan asarlarim ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ladi, tasavvur qilaman o‘sha asar ishtirokchilari va qahramonlarini so‘zlarini, hissiyotlarini… Yonida go‘yoki kuzatuvchidek kuzataman, va yanada yashashga, mazmunli yashashga bo‘lgan ishtiyoqim oshadi. Masalan, Tohir Malikning “Shaytanat ” asarida: Bir kuni o‘rtog‘iga yuragini o‘rtayotgan orzularini aytdi: - Pulni nima qilasan mashina olasanmi?- deb so‘radim o‘rtog‘i. - Yo‘q otamni topib, boqaman. - Nega? – deb hayron bo‘ldi o‘rtog‘i. - U bizni boqolmay tashlab ketgan ekan. Erkak kishini bunday qilishi nomardlik. Nomardlik jazosiz qolmasligi kerak. Men uni boqib jazolayman. Har tishlam nonni tishlaganda meni tashlab ketganidan uyaladi, afsuslanadi. Afsuslanib, afsuslanib yuragi siqilib qiynaladi. Qiynalib- qiynalib oxiri o‘ladi…. Asardagi ushbu satrlar barchasi adibning asar chiroyli chiqishi uchun oylab topgan satrlari emas, menimcha hayotiy kuzatishlari, o‘rganishlarini yoritgani sababli ham asar o‘z ahamiyatini yuqori va eng ko‘p nashr va o‘qilgan sara asarlar tarkibidan joy olgan. Inson umri juda qisqa , uni qanday o‘tkazish esa uning qarashlariga bog‘liq. Katta yoshda muvoffaqiyatga erishmagan odam, maktab davridagi yutuqlarini aytib maqtanadi. Umrning ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketishiga ishonmasangiz, bir kungina yashaydigan kapalaklar hayotiga nazar tashlang.Inson vaqtini , umrini behudaga sarflash natijasida , inson o‘ziga qilgan zulmini butun boshli armiya ham qila olmaydi. Chunki u , besamar otgan vaqtini qaytara olmaydi. Vaqtimizni samarali, ertangi hayotimizda qo‘rqmasdan, uyalmasdan ortga nazar tashlash uchun esa hozirdan yaxshi ishlarga, sizga yomionlik qilganga ham yahshilik amallari qilib uni ham ozgarishiga yordam berish lozim. Mashhur adib Aleksandr Dyumani asarlarini o‘qiganimda shu so‘zlar yodimda qolgan, “Bir kun kelib ishni to‘xtatish mumkin. Ammo ta’limni – hech qachon”. Umar ibn Hattob asarlarida esa inson buyukligina saqlash, yuksaklikka erishish uchun esa, quyidagi so‘zlarini xotiramizga qayd etsak yanada mazmunli hayotga erishamiz: Ko‘p kulgan kimsani haybati yo‘qoladi. Ko‘p hazil qilgan kimsani obro‘si yo‘qoladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling