16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

Июнь
17
YOSHLAR QANCHALIK MAʼNAVIY BARKAMOL BOʻLSA, TURLI YOT 
ILLATLARGA QARSHI IMMUNITETI HAM SHUNCHA KUCHLI BOʻLADI.
Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar 
Hasanov Rufat Pirmamatovich 
41IDUM fan tarix Oqituvchi va Qashqadaryo 
viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
ilmiy xodimi 
Annotatsiya: Mamlakatimizda yoshlar masalasi xar doim davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 
Yoshlarga oid davlat siyosati – bu davlatning demokratik taraqqiyot yo‘lida rivojlanishida 
yoshlarni muhim strategik kuch sifatida tan olishi, zamonaviy dunyoda yoshlarning ehtiyojlari, 
ularning mavjud demokratik muhitga to‘g‘ri moslashuviga yo‘naltirilgan qonunchilik va ijro 
etish xususiyatining yig‘indisi hamda o‘zining yoshlarga nisbatan boshqaruv va ijtimoiy 
funksiyalarini demokratik siyosiy tizim, xalqaro yohud milliy huquq normalari talabi darajasida 
to‘liq bajarishidir. Yosh avlod vakillarining manfaatini, boshqa ko‘pchilik qatlamlar vakillarining 
manfaatiga qarshi qo‘ymasdan, umummilliy manfaat bilan uyg‘unlashtirish – yoshlar siyosatining 
asosiy vazifasidir.
Kalit so‘zlar: maʼnaviy-maʼrifiy sohalar, aqliy faoliyat, siyosiy tizim, 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va 
qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol 
avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan 
ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim 
olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan bir 
qatorda, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. 
Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim 
asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yoshlar qanchalik 
maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.
Biz pedagoglarning oldimizga muhim vazifa qilib, kuchli bilimga ega bo‘lgan, o‘z mutaxasisligi 
bo‘yichayangilik yarata oladigan, yetuk marralarga erishishmi maqsad qilgan yosh kadrlarga 
ta’lim-tarbiya berish qo‘yilgan. Inson tafakkuri faoliyat davomida shakllanadi. Shuning uchun 
o‘quv amaliyoti oldida o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullarining o‘ziga o‘rgatish vazifasi 
qo‘yiladi. Bu bilan bog‘liq ravishda o‘rganish bir vaqtning o‘zida bilimning to‘planishi va undan 
foydalanish usullarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida tavsiflanadi.
Usullarni o‘zlashtirish, birinchidan, o‘quvchilarning ular bilan tanishuvi orqali, ikkinchidan, 
mashqlar – turli materiallarda aqliy faoliyatning mos keluvchi usullarini qo‘llash orqali, 
uchinchidan, ko‘chish – yangi masalalarni hal etish uchun usullarni tatbiq etish orqali ro‘y beradi.
Shunday qilib, aqliy faoliyatning shakllanish yo‘li taxminan shunday: usul mazmunini 
o‘zlashtirish – mustaqil ravishda uni qo‘llash – yangi vaziyatlarga tatbiq etish hisoblanadi.
Bugungi kunda amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daхldor 
boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun 
munosib sharoit yaratish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini 
ta’minlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlarga asoslangandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirov B.R. Sinf zukkolarini tanlash metodikasi (Yosh iste’dodlarini izlaymiz): Metodik 
qo‘llanma. T., 1998.
2. G‘oziev E.G‘. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). T., 1994.
3. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya: darslik. I, II kitob. T., 2002


57

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling