16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
Bolada ota – onasiga ishonch va hutmat tuyg‘usining mustahkam bo‘lishi oila tarbiyasining aniq 
maqsad sari yo‘naltirilgan bo‘lishiga bog‘liq. Tarbiyada ota – ona so‘zi va ishining bir bo‘lishi, 
kishilarda tashqi qiyofa emas,balki ichki dunyoqarashi go‘zal bo‘lishi, ichki qiyofa go‘zalligi 
esa inson kamolatini,xulq atvorini belgilaydi. Yaxshi hulq, rostgo‘ylik, haqiqat yo‘lida fidoyilik 
qilish kabi odatlar oilada ota – ona tarbiyasi tufayli bola xarakterida shakllanadi.
Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgo‘ylikdan iborat bo‘lib qolmasligi 
lozim. Bola hayotining ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan mavjud an’analar , urf – odatlar , 
rasm – rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida bola asta – sekin kamol topib boradi. Tarbiya 
ko‘rgan farzand hayotda adashmaydi, doimo ezgu ishlarga qo‘l uradi. Tarbiya ko‘rgan farzand 
o‘z rohatini emas, o‘zgalar farog‘atini uchun ham xizmat qiladi.
Hozirgi ota – onalar oilada bola tarbiyasiga e’tibor bermayapti degan fikrdan yiroqdaman. 
Lekin barcha ota – ona ham tarbiya ilmidan to‘la xabardor deyish hayot haqiqatiga mos 
kelmaydi. Hayotda ozmi ko‘pmi yoshlar, bola tarbiyasida nuqsonlar bor ekan,biz uni ota – 
onaning tarbiyadagi e’tiborsizligi, sustkashligidan deb bilamiz. Bola taqdiriga oilada befarqlik 
hukmronlik qilsa, bunday oilada jamiyatga foydasidan ko‘ra zarari tegadigan shaxslar yetishadi. 
Barcha davrlarda oila tarbiyasini baholaganda oila butunligi, uning a’zolari ahilligi, muomala 
munosabatlarning etukligi va qanday o‘g‘il – qizni tarbiyalaganligi bilan belgilab kelingan.
Bizning davrimizda ham oila tarbiyasi mezoni og‘il – qizning tarbiya ko‘rganlik darajasiga 
bog‘liq bo‘lib, bu ota onaning jamiyat oldidagi ijtimoiy burchi hisoblanadi.
Shunday ekan, ota –onalar farzandingizdan vaqtingizni, mehringizni ayamang. Chunki 
farzandlarimiz bizning ertamiz va kelajagimizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. ”Pedagogika tarixidan xrestomatiya.” Toshkent “Oqituvchi”1993 yil. Tuzuvchi muallif O. 
Hasanboyeva.
2. ”Boshlang‘ich ta’lim.”2015 yil 6 –son.
3. ”Boshlang‘ich ta’lim “ 2016 yil 8 – son.
4. ”Marifat” 2018 –yil 26 –may.
5. Gulxan. Adabiy – badiiy bezakli respublika bolalar jirnali.2019 yil 8 –son.


14

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling