16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

2
Июнь
17
hamkorligiga, ular salohiyatining birlashishiga va xalqlar taraqqiyotiga yo‘l ochsa buning nimasi 
yomon degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Yuzaki qaraganda bu gap to‘g‘riga o‘xshaydi. Bunday 
mafkura tarafdorlari o‘z qarashlarini aksariyat hollarda ana shunday «beozor» shaklda taqdim 
etishga harakat qiladilar.
Milliy g‘oya - yetuk milliy ong ,milliy g‘urur, milliy qadriyatlar , milliy birdamlik va 
hamjihatlik tuyg‘usi zaminida shakllanadi va vatanparvarlik tuyg‘usini ham o‘z ichiga olgani 
bilan boshqa g‘oyalardan ajralib turadi . Yosh qalbda ona yurtga bo‘lgan muhabbat qanchalik 
kuchli bo‘lsa , iymon-e’tiqodi butun bo‘lsa ,vatanni sevish, e’zozlash tuyg‘usi kuchayib borsa har 
bir inson o‘z vatani tarixini , milliy urf - odatlarini mukammal bilsa , xalqning tili , madaniyati 
, milliy mafaatlarini , millat taqdirini , istiqbolini chuqur anglab yetgan bo‘lsa, jamiyatimiz 
shunchalik mustahkam va barqaror bo‘lib vatanimizdagi jamiki insonlarning ertangi kunga 
bo‘lgan ishonchi yana bir karra oshadi.
Yoshlarning ongiga milliy g‘oyani singdirish eng avvalo - oila, ta’lim-tarbiya muassassalarining 
mas’ul shaxslari orqali amalga oshiriladi. Inson aql -zakovati yuksalib borayotgan , uning 
oldida yechish murakkab bo‘lgan global muammolar ko‘lami kengayib borayotgan va dunyoda 
barcha mamlakatlar ,xalqlar birlashib yashashlari yanada jadalashayotgan bugungi kunda milliy 
g‘oyamiz tor manfaatlar emas balki mamlakatda yashayotgan barcha xalqlar manfaatlarini ifoda 
etishi va ularda yagona vatan tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda.
Milliy g‘oyamiz bir tomondan milliy - ma’naviy boyliklarimizni asrash omili bo‘lib xizmat 
qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan millatimizning avlodlarini bir -birlariga o‘zaro bog‘lab 
turish vazifasini ham bajarib kelmoqda. 
Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillaridan biri shundaki , millatning ozodligi uning mustaqilligini 
ta’minlashda ma’naviy -ruhiy ozuqa bo‘lib xizmat qiladi Milliy g‘oyaning eng muhim omili - 
xalqni birlashtirishga qaratilganligi hisoblanadi .Manfaatlarimiz milliy g‘oyamizda ifodalangan 
bo‘lsa hamjihatlik mustahkam bo‘ladi . Milliy g‘oyaning yana bir tamoyili - uning milliy urf 
- odat , an’ana va qadriyatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi .
Ezgu , bunyodkor g‘oya va mafkura barcha insonlarning hayoti mazmuni , umidlari , orzu 
, intilishlarini ifoda etadi . Har bir inson jamiyatda o‘z oldiga aniq bir maqsad qo‘yadi va shu 
maqsadiga erishish uchun tinimsiz harakatda bo‘ladi.
Haqiqatdan ham inson va jamiyatning hayoti muayyan fikr - g‘oyalar bilan uzviy bog‘liq . 
Mafkura inson hamda jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi . Inson va jamiyat hayotida 
muhim o‘zgarishlarni amalga oshirishda g‘oyalar alohida o‘rin tutadi . Inson o‘zining ongi, aql-
zakovati , iymon - e’tiqodi va mehnati bilan boshqa jamiki tirik mavjudotlardan farq qiladi . 
Biror voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar , g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi.
Umuman olib qaraganda g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya tizimini rivojlantirish, uning muxtahkam 
va barqaror mexanizmlarini yaratish lozim. G‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyani ta’limning barcha 
bog‘inlarida qo‘shib olib borish, shunindek boshqa tarbiya turlariga ham singdirish lozim. 
Shundagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga to‘liq erishishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin // 
Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.17.- T.:O‘zbekiston,1999.
2. Mirziyoyev Sh. M. Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi buyukdir // “Xalq so‘zi”, 2017 
yil 6 yanvar.
3. Yaxshilikov J. Ya, Muhammadiyev N. E. Milliy g‘oya va mafkura, monografiya.- “Fan”, 
2015.


44

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling