16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Июнь
17 YOSHLAR QANCHALIK MAʼNAVIY BARKAMOL BOʻLSA, TURLI YOT ILLATLARGA QARSHI IMMUNITETI HAM SHUNCHA KUCHLI BOʻLADI. Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar Hasanov Rufat Pirmamatovich 41IDUM fan tarix Oqituvchi va Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimi Annotatsiya: Mamlakatimizda yoshlar masalasi xar doim davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yoshlarga oid davlat siyosati – bu davlatning demokratik taraqqiyot yo‘lida rivojlanishida yoshlarni muhim strategik kuch sifatida tan olishi, zamonaviy dunyoda yoshlarning ehtiyojlari, ularning mavjud demokratik muhitga to‘g‘ri moslashuviga yo‘naltirilgan qonunchilik va ijro etish xususiyatining yig‘indisi hamda o‘zining yoshlarga nisbatan boshqaruv va ijtimoiy funksiyalarini demokratik siyosiy tizim, xalqaro yohud milliy huquq normalari talabi darajasida to‘liq bajarishidir. Yosh avlod vakillarining manfaatini, boshqa ko‘pchilik qatlamlar vakillarining manfaatiga qarshi qo‘ymasdan, umummilliy manfaat bilan uyg‘unlashtirish – yoshlar siyosatining asosiy vazifasidir. Kalit so‘zlar: maʼnaviy-maʼrifiy sohalar, aqliy faoliyat, siyosiy tizim, Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan bir qatorda, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi. Biz pedagoglarning oldimizga muhim vazifa qilib, kuchli bilimga ega bo‘lgan, o‘z mutaxasisligi bo‘yichayangilik yarata oladigan, yetuk marralarga erishishmi maqsad qilgan yosh kadrlarga ta’lim-tarbiya berish qo‘yilgan. Inson tafakkuri faoliyat davomida shakllanadi. Shuning uchun o‘quv amaliyoti oldida o‘quvchilarni aqliy faoliyat usullarining o‘ziga o‘rgatish vazifasi qo‘yiladi. Bu bilan bog‘liq ravishda o‘rganish bir vaqtning o‘zida bilimning to‘planishi va undan foydalanish usullarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida tavsiflanadi. Usullarni o‘zlashtirish, birinchidan, o‘quvchilarning ular bilan tanishuvi orqali, ikkinchidan, mashqlar – turli materiallarda aqliy faoliyatning mos keluvchi usullarini qo‘llash orqali, uchinchidan, ko‘chish – yangi masalalarni hal etish uchun usullarni tatbiq etish orqali ro‘y beradi. Shunday qilib, aqliy faoliyatning shakllanish yo‘li taxminan shunday: usul mazmunini o‘zlashtirish – mustaqil ravishda uni qo‘llash – yangi vaziyatlarga tatbiq etish hisoblanadi. Bugungi kunda amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daхldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlarga asoslangandir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qodirov B.R. Sinf zukkolarini tanlash metodikasi (Yosh iste’dodlarini izlaymiz): Metodik qo‘llanma. T., 1998. 2. G‘oziev E.G‘. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). T., 1994. 3. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya: darslik. I, II kitob. T., 2002 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling