16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
4.Sosiologiya va politologiyaning jamiyatimizda tutgan orni
4
Июнь 17 bo‘lib, farzandlar eng muhim hayotiy ne’matlardan biri, baxtli va mustahkam oilaning zarur sharti hisoblanadi. Aksariyat so‘rov qatnashchilari (73,9 foiz) farzand – oila mazmuni va oilaning eng asosiy boyligi, degan fikrga qo‘shiladi. So‘rovda fuqarolarning oilada farzandlar soniga doir istaklari ham aniqlandi. Masalan, ko‘pchilik o‘zbekistonliklar oilada uch nafar (35 foiz aholi) yoki to‘rt nafar (30,8 foiz) farzand bo‘lishini xohlaydi. So‘ralganlarning 13,2 foizi oilada besh nafar yoki undan ko‘proq farzand ko‘rish tarafdori. Bular asosan Surxondaryo viloyati (34,8), Xorazm viloyati (19 foiz) va Qashqadaryo viloyatida (18,8 foiz) istiqomat qiluvchi fuqarolardir. Tadqiqot shuni ko‘rsatdi, O‘zbekistonning aksariyat oilalarida keyingi farzandning tug’ilishi haqidagi qaror er-xotin tomonidan birgalikda qabul qilinadi va bu ularning oiladagi bolalar soni haqidagi qarashlariga asoslanadi. So‘rov ishtirokchilari onaning sog’lom bo‘lishi (22,5 foiz aholi) hamda oilaning moddiy ahvoli (21,7 foiz aholi) keyingi farzandning tug’ilishida muhim omillardan deb hisoblaydi. Tadqiqot, shuningdek, aholining “reproduktiv salomatlik” va “reproduktiv huquq” kabi tushunchalardan yetarli darajada xabardor emasligini ko‘rsatdi – 37,2 foiz so‘rov ishtirokchilari “reproduktiv salomatlik” tushunchasi bilan tanishmisiz, degan savolga tasdiq javobini bergan va respondentlar 23 foizining “reproduktiv huquq” tushunchasidan xabari bor. So‘rov bu masalada asosan yoshlarning yetarli darajada xabardor emasligini aniqladi: 18-19 yoshdagi so‘rov qatnashchilari orasida faqat 19,1 foizigina “reproduktiv salomatlik”, 10,6 foizi “reproduktiv huquq” tushunchalari haqida ma’lumotga ega. Shu bois, yoshlarning huquqiy va tibbiy bilimlarini oshirish, aholi, birinchi navbatda, yoshlar orasida keng targ’ibot va tushuntirish ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish zarur. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, aksariyat o‘zbekistonliklar bu boradagi davlat siyosatini ma’qullaydi hamda “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g’risida”gi qonunning qabul qilinishi aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, bu borada sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, aholining tibbiy bilimi va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarda sog’lom farzandlarning tug’ilishiga doir ongli va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga yordam beradi hamda fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi, degan fikrda. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Ushbu maqola “Ijtimoiy fikr” markazi materiallari asosida tayyorlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling