Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik ishi va metallurgiya fakulteti


Download 1.07 Mb.
bet1/7
Sana22.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1222198
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
javoxir (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI


KONCHILIK ISHI VA METALLURGIYA FAKULTETI
KONCHILIK ISHI” KAFEDRASI

Foydali qaazilma konlarini ochiq usulda qazib olish jarayolari” fani





Kurs loyihasi


Guruh 3AS-20 OKI


Bajardi Istamov Javoxir


Qabul qildi Tashqulov Akmal


Olmaliq 2022


Mundajira

Kirish
1. Qazib olishning kon-texnik sharoitlari.


2. Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash (burg’ilash-
portlatish ishlari)
3. Tog’ jinslarini qazib-yuklash (ekskavatsiya).
4. Kon massasini tashish (transportirovka).
5. Avtomobil-buldozer otval hosil qilish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish

“Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish jarayonlari” fanidan kurs loyihasini bajarish ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’tilgan mavzular asosida talabalarning har biriga berilgan boshlabg’ich ma’lumotlar asosida hisoblash ishlarini bajarish va nazariy ma’lumotlarni shakllantirishga qaratilgan hisoblanadi.


Kurs loyihasini bajarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy qismlarini shakllantirish;
2.Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari hisoblangan: tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash, kon massasini qazib-yuklash, kon massasini transport qilish (tashish), qoplovchi to’g jinslari otvallarini hosil qilish kabi jarayonlarda ishlab chiqarish jarayonlarining parametrlarini hisoblash va kon-texnik ko’rsatkichlarga nisbatan solishtirish.
Kurs loyihasi talabalar tomonidan mustaqil ravishda hisoblanadi. Hisoblash ishlarini tekshirish va tushuntirish ishlarini olib borish hamda to’g’ri yo’nalsih berish ma’ruza va amaliyot o’qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Tugallangan kurs loyihasi kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tuzilgan mutaxassis komissiya tomonidan qabul qilinadi va tekshirilib, talaba baholanadi.
Kurs loyihasi hisoblash ishlarini tushuntirish qismi va grafik qismdan tashkil topadi.Grafik qismda har bir talabaga alohida variant asosida texnik chizmalar bo’lib, kurs loyihasining grafik qismini har bir talaba A1 farmatda topshiradi.
Hisoblash ishlarining tushuntirish qismi titul varaq, topshiriq varag’i, kirish, naariy va amaliy hisoblash natijalari xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topadi.
Kurs loyihasining grafik qismi quyidagi texnik chizmalardan biri sifatida qaraladi: qazib-yuklash ishlarining sxematik chizmasi, burg;ilash-portlatish ishlari chizmasi, otval hosil qilish sxematik chizmasi.
Hisoblash ishlari uchun boshlang’ich ma’lumotlar.

Hisoblash ishlarini bajarish uchun boshlang’ich ma’lumotlar sifatida quyidagi kon-texnik sharoitlar olinadi:


1. Qoplovchi tog’ jinslari qoyasimon yoki yarim qoyasimon tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib professor M.M.Protodyakinovning mustahkamlik shklasi boyicha f = 13 ga teng..
2. Foydali qazilma (ruda) qoyasimon tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, professor M.M.Protodyakinovning mustahkamlik shkalasi bo’yicha f =17ga teng.
3. Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash burg’ilash-portlatish ishlari yordamida amalga oshirilad. Skvazina zaryadi vertikal.
4. Qoplovchi tog’ jinslarining ( γв.п =1,2 t/m) va foydalai qazilmaning zichligi ( γп.и. =2,1 ), t/m3 .
5. Karyerning foydali qazilma bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi
(Qп.и. ) =22 mln. t.
6. Joriy ochish koeffitsienti ( )=2,4 m3/t.
7. Pog’onaning balandligi (Hу),=16 m.
8. O’rtacha kon massasini tashish masofasi ( Lгр = Lпор),=3800m.
9. Karyerda foydalaniladigan transport vositasining turi- aralash usul.
10. Karyerda qabul qilingan ish grafigiga mos holda ishlab chiqarish jarayonlari ekskavator, transport moshinalari va ag’darmalar-3smena, burg’ilash mashinalari - 2 smenada tashkil etiladi.
11. Bir yildagi karyerning ish kunlari – 300 sutka.
12. Skvajina qatorlari soni (II).
Hisoblash ishlarida kerak bo’ladigan boshqa ma’lumotlar kurs loyihasi rahbari tomonidan yoki fanga oid bo’lgan adabiyotlardan olinadi.Hisoblash ishlarida foydalaniladigan emperik formulalar ham adabiyotlar va masalalarni yechish doir uslubiy ko’rsatmalardan olingan.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling