16-o`zgarish: Bitkoin va blokcheyn Burilish nuqtasi


Download 17.13 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi17.13 Kb.
#1373657

16-o`zgarish: Bitkoin va blokcheyn
Burilish nuqtasi: Jahon yalpi ichki mahsulotining 10 foizi blokcheyn texnologiyasida saqlanadi.
2025 yilga borib: So`rovnoma ishtirokchilarining 58 foizi ushbu burulish nuqtasi sodir bo`lishini taxmin qilgan.
Bitkoin va boshqa raqamli pul birliklari "blokcheyn" deb ataluvchi taqsimlangan ishonch mexanizmi g`oyasiga asoslanadi. Bu ma`lum oldi-sotdi o`tkazmalarini markazlashmagan tarzda kuzatish imkonini beradi. Xozirgi paytda bitkoinning umumiy qiymati 20 milliard AQSh dollari yoki jahon ichki mahsulotining (80 trillion dollar) 0.025 foizini tashkil qiladi.
Ijobiy tasirlari:

  • Blokcheyn texnologiyalari ommalashib borishi bilan rivojlanayotgan bozorlarda moliyaviy xizmatlarning ko`payishi;

  • yangi xizmatlar va ayirboshlash tizimlari bevosita blokcheyn asosida yaratilgani tufayli an`anaviy moliyaviy tashkilotlarning vositachilik o`rni yo`qolishi;

  • savdo qilinadigan tovar va xizmat turlari kengayishi (chunki har qanday turdagi ayirboshlash turini blokcheyn orqali amalga oshirish mumkin);

  • rivojlanayotgan bozorlarda hususiy mulkni rasmiylashtirishning yengillashuvi, sotish mumkin bo`lgan tovarlar sonining ortishi;

  • aloqalar va boshqa yuridik xizmatlar blokcheyn kodlariga bog`liq bo`lib qoladi va ulat uchinchi shaxs ishtirokidagi uzilmas shartnomalarga yoki dasturiy jihatdan ishlab chiqilgan aqliy shartnomalarga aylanadi;

  • shaffoflikning ortishi. Chunki blokcheyn umuman olganda barcha oldi-sotdi otkazmalarni qayd etib boruvchi global buxgalterlik kitobidr.

O`zgarish amalda
"Smartcontracts.com" ma`lum shartlar bajarilgach, mijozlarga vositachi ishtirokisiz daromadlarni adolatli bo`lib beruvchi dasturlanadigan shartnomalar taklif qiladi. Ular blokcheynda "o`z-o`zidan amalga oshuvchi" ko`rinishda qayd etilgan. Bu esa tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarishni uchinchi tomon nazorat qilishiga ehtiyoj qoldirmaydi.

18-o`zgarish: Hukumatlar va blokcheyn
Burilish nuqtasi: Hukumat tomonidan soliq birinchi marta blokcheyn orqali yig`ib olinadi.
2025-yilga borib: So`rovnoma ishtirokchilarining 73 foizi ushbu burilish nuqtasi sodir bo`lishini taxmin qilingan.
Blokcheyn texnologiyasi davlatlar uchun ko`plab yangi imkoniyatlar qatorida ayrim muammolarni ham yaratadi. Bir tomondan tizim hech bir markaziy bak tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu esa pul-kredit siyosati ustidan nazoratni kamayishi demakdir. Boshqa tomondan, u blokcheynga asosolangan yangi soliq mexanizmilarini yaratishga imkon beradi (masalan, kichik o`tkazmalar uchun soliq).
Noma`lum yoki ikki tomonlama ta`sir:

O`zgarish amalda
2015-yilda fuqarolar shaxsini blokcheyn texnologiyasi asosida tasdiqlovchi birinchi virtual millat -BitNation yaratildi. Xuddi shu davrda Estoniya blokcheyn texnologiyasini tatbiq qilgan ilk hukumat bo`ldi.
Download 17.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling