Xalqaro marketing mavzu: pul-kredit tizimi. Banklar va ularning


Download 5.12 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1523911
Bog'liq
XALQARO MARKETING.DILSHOD.

XALQARO MARKETING

MAVZU:PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNING

BOZOR IQTISODIYOTIDAGI ROLI.

HAYITOV DILSHODBEK

PUL-KREDIT SIYOSATI- hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. Pul kredit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank Pul kredit siyosati ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.

Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.

Bank - mamlakatda bo’sh turgan pul mablag’larini jamlab, uni zaruriy sohalarga tarqatish huquqini olgan moliyaviy tashkilot

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablag‘lari ham pul-

kredit muassasalari orqali to‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar si­

fatida yo‘naltirilishi lozim. Bu jarayonlami amalga oshirishda kredit

munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida

to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jis­

moniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun

ma’lum muddatga, foiz to‘lov!ari bilan qaytarish shartida qarzga

berish munosabatlarini ifodalaydi.

Tijorat banklarining xalqaro hisob - kitob operatsiyalarida turli hisob shakllari qo’llanilishi mumkin. Bular qatoriga bank buyrug’iga asosan pul o’tkazish (o’tkazma turi), bank cheki, bank vekseli, akkreditiv, inkasso shakllari va boshqalarni kiritish mumkin.

Bank cheki - bu bankning xorijiy bank-korrespondentga ma’lum miqdordagi pulni chek egasiga uning shu bankda mavjud bo’lgan korrespondentlik varaqasidan to’lash to’g’risidagi yozma buyrug’idir.

Bank vekseli - bu o’tkazma veksel (tratta) bo’lib, bank tomonidan xorijiy bank korrespondentga tulash uchun beriladi.

Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. Odatda, esa ularni ichki va tashqi omillarga ajratilib o’rganiladi. Tijorat banklarning likviddiligi va to’lovga qobiliyatliligini belgilaydigan ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi. - bankning mustahkam kapital bazasi - aktivlar sifati - depozitlar sifati - tashqi manbalarga qarashlik darajasi –aktivlar va passivlarning muddatlari bo’yicha munosibligi - malakali menejment - bankning imidji

E`TIBORINGIZ UCHUN

TASHAKKUR!


Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling