16-variant 1 – topshiriq
Download 23.3 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fukaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari
- Fuqaroviylikni
- 2. “Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni xamda turli xil yondoshuvlar. Rivojlanish
- Strategiya
- 3. Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi va rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatlari, ijtimoiy hayotdagi o‘rni.
16-variant 1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. 1. Fuqaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari 2. “Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni xamda turli xil yondoshuvlar. 3. Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi va rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatlari, ijtimoiy hayotdagi o‘rni. Fukaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari Inson va fuqaro huquqlari. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. Fuqaro va fuqaroviylik tushunchasi. Fuqaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari. Fuqaroning o‘z xaq-huquqlarini tushunishi, uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi va boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilishi. Huquqiy savodxonlik va madaniyat-fuqaroviylikni shakllantirish omili. Fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi. Fuqaroviylikni ijtimoiy faollik nuktai nazaridan shartli ravishda darajalarga bo‘lish va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Fuqarolik ongining jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo‘lishi va o‘ziga xos xususiyatlari. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtiruvchi kuch sifatida. Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo‘lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi. Manbalarda qayd etilishicha o‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo‘lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud. Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin. V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir”12. Ko‘rinib turganidek, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga bog‘liq. Bu erda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshiriladigan birdamlik, o‘zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo‘lmoqda. Aslida ko‘pgina an’anaviy jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko‘proq ma’naviy axloqiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 2. “Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni xamda turli xil yondoshuvlar. Rivojlanish — tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obʼyektning — tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obʼyektning sekinasta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyusion Rivojlanish va obʼyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iboratinqilobiy Rivojlanish Evolyusion Rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy Rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyusion Rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi. Bunday utishda muayyan vaqt zarur boʻladi. Inqilobiy Rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yoʻq qilinib, keskin sifatiy oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga oʻtishning evolyusion Rivojlanish yoʻlini tanladi. Bu yoʻl jamiyat aʼzolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali buladigan yoʻldir. Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi (qarang Taraqqiyot) bilan regressiv, tanazzul turi (qarang Inqiroz) farqlanadi. Hozirgi zamon fanida Rivojlanishning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochizikli, sakrashsimon oʻzgarishlar bayon qilinadi (yana q. Miqdor oʻzgarishlariiing sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni, Qaramaqarshiliklar birligi va kurashi qonuni, Inkorni inkor qonuni). Strategiya- Lotin drift strategĭabu o'z navbatida ikkita yunoncha atamadan kelib chiqadi: qatlamlar ("Armiya" ) va yoshi ("Haydovchi" , "Qo'llanma" ). Shuning uchun strategiyaning asosiy ma'nosi bu harbiy operatsiyalarni boshqarish san'ati . Kontseptsiya shuningdek, murojaat qilish uchun ishlatiladi Muammoni hal qilish uchun reja tuzish va har doim maqbul qarorni ta'minlaydigan qoidalar to'plamini belgilash. Boshqacha aytganda, strategiya tanlangan jarayon bo'lib, unga erishish kutilmoqda ma'lum kelajak holati . Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning subʼyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz K.siga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar K.si alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, K. bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz K.si yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining K.si tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar K.si unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, K. badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi. Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi. O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasi» to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi umumiy muhokama uchun qo‘yildi. Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda barcha mavjud imkoniyat va salohiyatlarimizni chuqur tizimli tahlil qilgan holda iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yo‘lida ilg‘or xorijiy tajribalar, mamlakatimiz va jahon ilm-fanining zamonaviy yutuqlarini keng joriy etilishini ta’minlash maqsadida ushbu farmon loyihasi tayyorlangan. Bu haqda «Xabar.uz» portaliga Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Shuningdek, xalqaro Global innovatsion indeks ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilda yetakchi 50 ta davlat qatoriga qo‘shilishi ham Innovatsion rivojlanish strategiyasining bosh maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Ta’kidlash joiz, 2015-yili O‘zbekiston saksonga yaqin ko‘rsatkichlar bilan baholanadigan Global innovatsion indeks ko‘rsatkichida 122-o‘rinda qayd etilgan, biroq 2016 va 2017-yillarda aksariyat ma’lumotlarning mavjud emasligi bois mamlakatimiz ushbu reytingga kiritilmagan. Innovatsiya vazirligi mamlakatimizning hozirgi mavjud innovatsion rivojlanish holatinining tahlili natijalarini inobatga olgan holda, jahon sahnasida raqobatbardoshligini oshirish uchun inson kapitalini mamlakatimizning innovatsion rivojlantirishda eng asosiy yo‘nalishlardan biri etib belgiladi. Bu — barcha bosqichlardagi ta’limning sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kadrlarni tayyorlashdir. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, ilm-fan, ta’lim va biznesning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqilishi talab etiladi. Innovatsiyalarni moliyalashtirishning yangi shakllarini tatbiq etish, intellektual mulkka egalik huquqini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini moliyalashtirishga ham mazkur Strategiya loyihasida alohida e’tibor qaratilgan. Strategiya loyihasi muhokamasi 27-iyulga qadar davom etadi. 3. Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi va rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatlari, ijtimoiy hayotdagi o‘rni. Qadim ajdodlarimizning vatanparvarlik e’tiqodini o’rganish va targ’ib etish har bir fuqaro va jamiyat yuksalishi uchun qanchalik muhimligi haqida fikr yuritganda, ma’lum manbalarga tayanmoq lozimdir. Bu borada qadimgi yozma yodgorlilar alohida ahamiyatga ega. Xususan, 1893 yilda daniyalik olim Vilgеlm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi harflarni o’qidilar. Bu yodgorliklar «tosh bitiklari» dеb ham yuritiladi. Ular Mo’g’uliston, Gеrmaniya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Shvеtsiya, O’zbеkiston, Qozog’iston, Qirg’izistonda saqlanadi. Yodgorliklar asosan VI-VIII asr voqеalarini aks ettiradi. 545 yilda Turk xoqonligi yuzaga kеladi. V-VIII asrgacha hukmronlik qiladi. MarkaziyOsiyogaarablarningkelishigaqadaryaratilganyozmamanbalari orqali ular milliy goyasinio’rganishdaO’rxunvaEnasoydaryolariyoqasidantopilgantoshbitik-yodgorliklaralohidaahamiyatgaega. Turkiy halqlarning bu adabiy-tarixiy yodgorliklari VI-VIII asrlarga oiddir. Turkiylarda toshbitiklar tarixi uzoq tarixga ega. 1970-yilda Olmaotadan 50 kilometr uzoqlikdagi Esik shaharchasidan topilgan qabrdan O’rxun alifbosidagi harflar bitilgan runiy yozuvdagi toshbitik qo’lga kiritilgan edi. Yozuv qadimgi turk tamg’alarida uchraydigan shakllarga asoslangan bolib, unda quyidagi so’zlar bitilgan: «Xonning o’gli 23 yoshida o’ldi. Issiq elining boshi omon bo’lsin!» Qabr qaysi xonga tegishli ekanligi aniqlanmagan bo’lsa-da, yozuv bundan 2500 yil muqaddam yaratilgani isbotlangan. Demak, runiy yozuvlarning tarixi uzoq, bu yozuvda yaratilgan yozma manba ham shunday qadimiylikka egadir. Runiy yozuvda bitilgan adabiy tarixiy bitiklar Sibir, Mo’g’ulistonning turli joylaridan, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Qofqaz, Volga bo’yi, shuningdek, Yevropadan topilsa-da, u tarixda O’rxun-Enasoy yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Bu yodgorliklarning topilish tarixi,bitiklarning adabiy-tarixiy qimmati darslik va qo’llanmalarda, filoligiya sohasida bir necha ilmiy tadqiqotlarda o’rganilgan, xolos. Jumladan, N. Mallayevning «O’zbek adabiyoti tarixi» (oliy o’quv yurtlarining til va adabiyot fakultetlari uchun darslik), B. To’xliyevning «O’zbek adabiyoti» (9-sinf uchun darslik), «O’zbek adabiyoti tarixi» (Besh tomlik. 1-tom), A. Qayumovning «Qadimiyat obidalari», mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan «Qadimiy hikmatlar» va boshqa asarlarda yoritilgan. Shunga ko’ra O’rxun va Enasoy bitiklari jahon turkiyshunoslari e’tibori qaratilgan nodir yodgorliklardandir. Qadimgi turkiy yozuvlarni o’qigan birinchi kishi daniyalik professor V. Tomsondir. Shundan so’ng R.Radlov, S.Ye. Malov, S.G.Klyashtomiy, I.V.Stebleva, H. O’rxun, T.Tekin, Najib Osim, G.Aydarov, O’zbek olimlaridan A.Rustamov, O’. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o’rganishgan. Bitiklar qadimgi turkiy tildan hozirgi o’zbek tiliga ham o’girilgan. Bu jihatdan A.P.Qayumov, O’. Abdurahmonov, A. Rustamovlarning xizmatlari salmoqlidir. Toshbitiklarturkiyxalqlartarixidafavquloddagiyozmaadabiyot emas. Ular qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining mantiqan davomi, o’zidan avvalgi manbaning mazmuni, ruhi, g’oyasini rivojlantirgan yangi shaklidir. Toshbitiklardagi arxaik tasvirlar shundan dalolat beradi. I.V.Stebleva, RRahmonov va boshqa olimlar toshbitiklarning bunday xususiyatlarini asoslab berganlar. Toshbitiklar qadimgi turkiy xalqlar ogzaki ijodining davomi sifatida yuzaga kelganligining asoslari mavjud. Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch- quwat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bolgan milliy g‘oyani tayanch va suyanch deb biladi. Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalq- ning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyo- ji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid- maqsadlarini o‘zimizga tasawur qiladigan boMsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan boMamiz. Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy g‘oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqishga harakat qildik. Shu maqsadda ijtimoiy fanlar soha- sidagi yetakchi olimlar, siyosatshunos va iqtisod- chilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini ana shu muhim masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlagan yuksak maqsadlarimizga yetishning asosiy omili — awalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustah- kamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik va bu borada bir qancha e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdik. Ayni paytda hozirgi murakkab va tahlikali zamon talablari, jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modemizatsiya qilish bilan bog‘liq maqsadlarimizga uyg‘un va hamohang ravishda hayotning o‘zi oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Butun insoniyat tarixi, xalqimizning necha ming yillik o‘tmishi achchiq saboq va xulosalar asosida bir haqiqatni isbotlab bermoqda. Ya’ni, biz barqaror taraqqiyot va farovon hayotga erishish yo‘lida o‘z oldimizga qanday reja va dasturlami qo‘ymay- lik, barcha olijanob orzu-intilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi — bu tinchlik va osoyishtalikdir. Bejiz emaski, yurtimizdagi qaysi xo- nadonga kirmang, qanday yig‘in yoki ma’raka bo‘l- masin, fotihaga qoi ochilganda, yosh-u qari, erkagu ayol - barchamiz Yaratgandan tinchlik va osoyishtalikni so‘rab duo qilamiz. Download 23.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling