16-variant Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zbek tilida ish yuritish
Chet elga biznes xat yozish qoidalari
Download 176.06 Kb.
|
16-20 ish yuritish
2.Chet elga biznes xat yozish qoidalari
Xizmat yuzasidan yoziladigan rasmiy xatlarga qo’yiladigan etik talablar xatlar yozish bo’yicha amaldagi standartlarga asos qilib olingan. Ularga ko’ra xatlar yuridik shaxsning emblemasi tasvirlangan, uning to’liq nomi, pochta va telegraf manzillari, telefoni, faksi, elektron adresi va bank rekvizitlari to’liq ko’rsatilgan blankada yozilish lozim. Blanka qog’ozlari juda ham yuqori sifatli, toza oq va yaxshi kesilgan bo’lishi kerak. Blanka qog’oziga qo’yiladigan bunday talablar xatni olib o’qiydigan shaxsga ko’rsatilayotgan hurmat belgisini bildiribgina qolmasdan xat yozgan shaxs to’g’risida ma’lumotlar olish va kelajakda u bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va javob xatlarini yozish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi. Muhim ahamiyatga ega bo’lgan xatlar buklanmasdan sifatli qog’ozlardan tayyorlangan katta konvertlarga solinib yuboriladi. Katta konvert faqat xatning muhimligini bildiribgina qolmasdan adresatga bo’lgan katta izzat–hurmatini ham bildiradi. Etik talablar adresatga murojaat qilishda ham, gaplarni tuzishda ham, matnni blankada joylashtirishda ham va xatni yozib tugallashda ham o’z ifodasini topishi shart. Xat yuborilayotgan yuridik tashkilot rahbarining yoki jismoniy shaxsning familiyasi blanka qog’ozining o’ng tomonidan korxona yoki shaxs rekviziti pastida ko’rsatiladi. Keyin esa blankaning o’rtasida yoki chap tomonidan boshlab, xushmuomalali mazmunda adresatga murojaatnoma yoziladi, masalan, “Hurmatli Ro’ziqul Normaxmatovich”. Murojaat so’zlaridan keyin undov belgisi qo’yilib, xat matni abzasdan katta harf bilan boshlanadi. Xatni yozishda blankaning chap tomonidan 2 sm, ung tomonidan esa 1 sm dan kam bo’lmagan masofa qoldirilishi shart, chunki yuborgan xatlar adresatda hisobga olingandan keyin papkaga solinib saqlanadi. Papkaga tikilgan xatning matni bemalolko’rinib turilishi kerak. Bu ham adresatga bo’lgan hurmatni bildiradi. Adresatning xatni qiynalmasdan o’qishi uchun matn 1,5 – 2,0 intervalda teriladi. Birinchi abzasdan keyingi abzaslar ulardan oldingi qatorning beshinchi harfining tagidan boshlanishi va so’zlarni bir qatordan ikkinchi qatorga bug’in orqali ko’chirmaslikka harakat qilinishi kerak. Xat matnlarini tuzishga qo’yiladigan eng asosiy talablardan biri – xat faqat adabiy tilda, u qaysi tilda bo’lishidan qat’iy nazar, grammatik va orfografik xatolarsiz, shevalardan va jargon so’zlardan foydalanmasdan yozilishi kerak. Aks holda sizning bilimdonligingiz va madaniyatingiz to’g’risida, ayniqsa bo’lajak hamkorlarda, salbiy fikrlar tug’ilishi mumkin. Download 176.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling