16-variant Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zbek tilida ish yuritish


Download 176.06 Kb.
bet1/11
Sana20.06.2023
Hajmi176.06 Kb.
#1627871
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16-20 ish yuritish


16-variant

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zbek tilida ish yuritish

Ish yuritishning asosini hujjatlar tashkil etadi. Mazmunan va shaklan turli-tuman boigan hujjatlar jamiyatning uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zarur boMgan asosiy omillardan hisoblanadi. 1989-yilning 21-oktabrida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi 0 ‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan dadil qadamlaridan biri
boMdi. Bu bilan davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarida o‘zbek tilida ish yuritish hamda o‘zbek hujjatchiligini takomillashtirishga katta imkoniyat yaratildi. Qonun milliy ongning rivojlanishida,
mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi va uning qoidalari 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yildi.
Asosiy qonunimizning 4-moddasiga binoan 0 ‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir. Respublikamiz sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan bir sharoitda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunga mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish zarurati
yuzaga keldi. Natijada 1995-yil 22-dekabrda ushbu qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
0 ‘zbek tilida ish yuritish, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash
hamda malakasini oshirish borasidagi qonunlami ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilingan.Xususan, hukumatning 1999-yil 29-martdagi 140-sonIi “0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori shular jumlasidandir. Uning 1-ilovasiga
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma,
2-ilovaga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporastiyalar, konsemlar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa markaziy muassasalar apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish
bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma tasdiqlangan. 2008-yilda esa mamlakatimizda davlat tashkilotlari, muassasa va korxonalarida o‘zbek tilida ish yuritish hamda o‘zbek hujjatchiligi asoslarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan O'z DSt 1157:2008 - “0 ‘zbekiston davlat standard” ishlab chiqildi. Bunda
hujjatlami unifikatsiyalashtirish tizimi, tashkiliy-farmoyish hujjatlar
tizimi, hujjatlami rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar umumlashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi “0 ‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimizda arxiv ishi va ish yuritish sohasini takomillashtirish, xususan, ushbu sohalarga tegishli qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda bu boradagi yangi tartib qoidalar o‘z aksini topgan.Yuqorida keltirib o‘tilgan me’yoriy hujjatlar asosida 0 ‘zbekiston
hududida davlat boshqaruvi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarida o‘zbek tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yildi.Davlat va nodavlat tashkilotlarida qo‘llanadigan barcha hujjatlaming o‘zbek tilidagi namunaviy nusxalari ishlab chiqildi.

Download 176.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling