16-variant Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zbek tilida ish yuritish
Ish yuritishni tashkil etish va uning texnologiyasi
Download 176.06 Kb.
|
16-20 ish yuritish
Ish yuritishni tashkil etish va uning texnologiyasi
Tashkilotdagi asosiy axborotlar oqimi namunasini to’plash va jamlash maqsadga muvofiq. Tashkilot rahbari ishlab chiqarish ko’rsatkichlari bo’yicha davriy hisobotlar, buxgalteriya muvozanati, ishlab chiqarish dasturining ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar va shu kabi ichki va tashqi axborotlarga ega bo’lishi lozim. Har bir rahbar, mansabining darajasidan qatiy nazar, o’z vazifasining ajralmas qismi qatori ish yuritishni nazorat qilishi kerak. Chunki u boshqarish jarayonining unsuridir. Rejalashtirishni ham, tashkiliy tuzilmaning yaratilishini ham, moyillikni ham nazoratdan ajralgan holda to’liq qarab bo’lmaydi. Nazorat qilishdan asosiy maqsad xatolarga yoki noxolislikka yo’l qo’ymaslik. Menejerlar ishonadilarki, xodimlar, biladilarki, nazorat mavjud va samarali ta’sir etadi, ongli ravishda xatoga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi va boshqalar. Ish yuritishni tashkil etishda yana shunga katta e’tibor berish lozim-ki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog’liq ravishda o’ziga xos qoliplashgan (oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlari) sintaktik tuzilmalar shakllana borilsin. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo’llanishi mumkin: “...so’m maosh bilan ...lavozimga tayinlansin”; “...o’z xohishiga ko’ra ...lavozimdan ozod qilinsin”; “...boshqa ishga o’tganligi munosabati bilan ...lavozimdan ozod qilinsin”; “...ga ...dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”; “...ga o’z bo’limida intizomni bo’shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin” va h.k. Yana shuni unutmaslik kerak-ki, aksariyat hujjatlarni tayyorlash umumiy qoidalarining asosiylari Davlat yagona nusxasida qayd etilgan. Ana shu Davlat yagona nusxasiga ko’ra, tashkiliy-farmoyish hujjatchiligi, ya’ni tashkiliy, farmoyish, ma’lumotsimon-axborot hujjatlari va xizmat yozishmalari zaruriy kismlar (rekvizitlar)ni o’z ichiga olmog’i lozim. Download 176.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling