16-variant Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zbek tilida ish yuritish
Da’vo xati tuzing. Bu haqida nimalarni bilasiz
Download 176.06 Kb.
|
16-20 ish yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Хизмат ёзишмалари
- 19-variant Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar
3. Da’vo xati tuzing. Bu haqida nimalarni bilasiz
Маълум бир муассасанинг бопща бир идора ёки транспорт ташкилотларига нисбатан талаб ва эътирозлари баён кдлинган хатлар — даъво хатлари (рекламация) ёки даъвономалар деб юритилади. Даъво хатлари товар етказиб бериш, курилиш ишлари, ижара, юк ташиш ва шу каби бир к;анча ишлар буйича тузилган шартномалар бажарилмай крлганда, уз конуний хукукутарини ва манфаатларйни химоя кдлиш мак;садида тузилади.Даъво хатларида асосан шартнома (битим)га кура уз зиммасига олган мажбуриятини бузган томон етказган зарарни крплаш талаб кдлинади. Хизмат ёзишмалари Даъво хатларининг асосий зарурий кисмлари куйидагилардан иборат: 1. Даъво цилувчи муассаса номи ва адреси. 2. Хатнинг ёзилиш санаси ватартиб раками. 3. Даъвони к^абул килувчи муассаса номи ва адреси. 4. Даъво бахрси (киймати) . 5. Хат матни . 6. Иловалар руйхати (са^ифалар сони курсатилган х;олда) . 7. Мансабдор шахсларнинг имзоси. Одатда даъво хатлари уч нусхада тайёрланади. Хатнинг 1-нусхаси айбдорга, 2-нусхаси даъвогарнинг узига крлдирилади.Айбдор муассаса даъво хатда курсатилган талабларни бажарищдан бош тортган такдирда, хатнинг 3-нусхаси даъво аризасига Кушиб, судга ёки ^акамликка топширилади 19-variant Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo’ndalik, mazmuniy to’liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo’la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga halaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi. Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo’ndalik, mazmuniy to’liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjat tilining o’ziga xos uslubi, undagi o’ziga xos so’z qo’llash, morfologiya va sintaksis orqali ta’min etiladi. Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so’zlar ko’p qo’llaniladi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so’z shakllari tanlanadi, ya’ni “harakat noma” deb ataluvchi so’z shakllari faol ishlatiladi; “....tayyorgarlikning borishi haqida”, “...qarorning bajarilishi to’g’risida”, “...yordam berish maqsadida” , “...qabul qilishingizni so’rayman” kabi. Fe’l shakllarining qo’llanishida ham birmuncha o’ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o’tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo’llanish darajasi anchayin yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo’shatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko’rib chiqildi, ko’rsatib o’tildi kabi. Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajritishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslandi. Shuning uchun ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo’lakli gaplar ko’p qo’llaniladi. Lekin gap tarkibida odatdagi so’z tartibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo’lgan g’ayriodatiy so’z tarkibiga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so’roq va undov gaplar deyarli qo’llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi - xabar berish (informativ) va buyurish (volyuntativ) vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, majlis bayonida esa ham axborot (“eshitiladi...”), ham buyurish (“Qaror qilinadi....”) o’z ifodasini topadi. Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko’rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo’ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlarda esa yo birinchi shaxs ko’plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi: “...ga ruxsat berishingizni so’raymiz”, “....deb hisoblaymiz”; “ma’muriyat talab qiladi”, ”boshqarma so’raydi” kabi. Hujjatlar matnini tuzishda turg’unlashgan, qoliplashgan so’z birikmalaridan ko’proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shakliga ega bo’lgan so’z tizimlari, iboralar, muhandislik ruhiyatining ma’lumotlariga ko’ra, boshqa so’z birikmalariga qaraganda 8-10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so’z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Har qanday hujjat, eng avvalo, axborot tashuvchi vosita ekan, hujjatning axborot sig’imini kengaytirish, undagi fikrning teran mantiqini ta’minlash muhimdir. Shuning uchun hujjatda tilning ortiqchalik tamoyilini chetlab o’tish, tilning tejash talabi (tamoyili)dan oqilona foydalana bilish kerak. Buning uchun qisqartmalarni qo’llash yaxshi natija beradi. Ammo, ta’kidlash lozimki, bunda me’yorga qatiy va izchil amal qilmoq lozim. Chunki qisqartmalar o’zbek tilining tabiatiga u qadar mos emas, shuning uchun ham qisqartmalar o’zbek tilida uncha ko’p emas. Hozirda bizda bir qadar odatga kirgan. Download 176.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling