16-variant Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zbek tilida ish yuritish
Moliya hisob-kitob jarayoni bo’yicha hujjatlar
Download 176.06 Kb.
|
16-20 ish yuritish
2. Moliya hisob-kitob jarayoni bo’yicha hujjatlar
Hisob-fakturasi yetkazib beruvchi xaridorga tovar yetkazib berishda yoziladigan tovar hisob-kitob hujjati. Hisob-fakturasining majburiy rekvizitlari : Mol etkazib beruvchining nomi va manzili. Etkazib beruvchi hisob-kitob schyoti o‘rni va raqami. YUk qabul qiluvchining nomi va manzili. YUk qabul qiluvchining hisob-kitob schyoti o‘rni va raqami. Tartib raqami. Sana. CHiqarilayotgan tovarlar ro‘yxati. Tovarlar soni. Bahosi. Summasi. Kvitansiya nomeri. Buyurtma yoki shartnoma uchun yuk jo‘natish haqida dalil. Kassa operatsiyalari boshqaruv tartibi pul qabul qilish, berish va saqlash kabi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobot shakllari 1-sonli shakl. Buxgalteriya balansi. 2-sonli shakl. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. 3-sonli shakl. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risigi hisobot. 4-sonli shakl. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot. 5-sonli shakl. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot. Korxonaning 1-sonli shakli Buxgalteriya balansi hisoblanib, u korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalarini ma’lum davrdagi holatini aks ettiradi. 2-shakli. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot bo‘lib, uning asosiy maqsadi korxonaning pirovard natijasi – sof foydani aniqlash hisoblanadi.Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklidan korxonaning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan xarajat turlarini ajratish imkoniyati vujudga keladi. Xarajatlarni bu tartibda turkumlash iqtisodiy nochorlik yoki zarar ko‘rib ishlashning asl sababini aniqlashga va xarajatlarning samarali boshqaruvini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. 3-shakli. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotning afzalligi korxonada eskirgan asosiy vositalarning tarkibini va uni ishlab chiqarish bilan bog‘liqlik darajasini tahlil qiladi. 4-shakli. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxonadagi muayyan vaqt ichidagi pulning kirib kelishi va chiqib ketishi hamda ular o‘rtasidagi farqni tahlil qilishda foydalaniladigan hujjatdir. Unda joriy (operatsion), investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larini kirimi va chiqimi ifodalanga hisoblanadi. 5-shakli. O‘z mablag‘lari tahlilini olib borishda xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotdan keng foydalaniladi. Mazkur shakl korxona xususiy kapitalining yil davomidagi ko‘payishi yoki kamayishini tahlil qiladi. Download 176.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling