2 variant- jismoniy shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish
Download 313.23 Kb.
|
2 вариант
2 variant- Jismoniy shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish Ichki pul o‘tkazmasini qabul qilayotganda, avtomatlashtirilmagan aloqa bo‘limining xodimi: a) jo‘natuvchidan pullar va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birga to‘ldirilgan 114-shakldagi blankni olishi; b) 114-shakldagi blankning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishi: 1) raqamlar va so‘zlar bilan yozilgan summaning muvofiqligi, oluvchi va jo‘natuvchining manzillarini to‘liq yozilganligini; 2) jo‘natuvchi taqdim etgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarning kiritilganligini, jo‘natuvchi imzosining mavjudligini; 3) pul o‘tkazmasi blankasida ko‘zda tutilgan alohida belgilarning mavjudligini; s) jo‘natish uchun to‘lovni hisoblash va jo‘natuvchidan olishi; d) 114-shakldagi blankni rasmiylashtirishi: 1) so‘zlar bilan yozilgan summadan oldin va undan keyin qolgan bo‘sh joyga chizib qo‘yishi; 2) pul o‘tkazmasi yuborilayotgan (belgilangan) punkt tagiga chizib qo‘yishi; 3) belgilangan joylarga: –5-shakl bo‘yicha pul o‘tkazmasining raqamini; – pul o‘tkazmasini qabul qilish sanasi va vaqtini; – pul o‘tkazmasi summasini, jo‘natish uchun to‘lovni va to‘lanishi kerak bo‘lgan umumiy summani; – o‘zining familiyasini, imzosini va TSh izini qo‘yishi; ye) belgilangan tartibda 5-shakldagi kvitansiyani rasmiylashtirilishi va uni jo‘natuvchiga berishi; f) 114-shakldagi blanklar bo‘yicha ikki nusxada 11-shakldagi reestrni (20-rasm) tuzishi, unda 5-shakldagi kvitansiya daftari bo‘yicha pul o‘tkazmalarining raqamlarini, har bir pul o‘tkazmasining summasi va belgilangan joyini ko‘rsatishi; Olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomali pul o‘tkazmalarini yozishda «bild.» belgisini va aynan qanday bildirishnomali ekanligi belgisini - «b/bild.» yoki oddiy - «od./bild.» qo‘yishi; g) ish kuni tugaganidan keyin: 1) 5-shakldagi kvitansiya daftarida yakunlarni chiqarishi, imzosini qo‘yishi; 2) 114-shakldagi blanklarni, 5-shakldagi kvitansiya daftarini, 11-shakldagi reestrni nazorat qilish uchun aloqa bo‘limi boshlig‘iga berishi lozim.
Download 313.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling