16-variant Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zbek tilida ish yuritish


Dalolatnoma yozish va uning zaruriy qismlari


Download 176.06 Kb.
bet5/11
Sana20.06.2023
Hajmi176.06 Kb.
#1627871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16-20 ish yuritish

3.Dalolatnoma yozish va uning zaruriy qismlari
Dalolatnoma-Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat.
Dalolatnomalar quyidagi hollarda tuzilishi mumkin

  • tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin

  • rahbarlik almashinayotganda

  • moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda

  • qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin

  • mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida

  • qimmatdor buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda

  • tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda

  • baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda

  • sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida

  • xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda

Dalolatnomaning zaruriy qismlari:

  • Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.

  • Tuzilgan sanasi va joyi.

  • Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda ).

  • Matn sarlavhasi.

  • Hujjat turi nomi (Dalolatnoma ).

  • Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).

  • Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar ).

  • Ishtirok etuvchilar (guvohlar ).

  • Dalolatnoma matni.

  • Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi).

  • Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.

  • Ijro haqidagi belgi.

18-variant

  1. Ish yuritishni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni

Ish hujjatlarisiz na biror tashkilot, na biror korxona (muassasa) faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Ish yuritish - kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchilikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatlardir.
Tashkilotlardagi ish yuritishni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatiga muvofiq tashkil etish tashkilot iqtisodiyotini boshqarish sohasida muhim o‘rin tutada va o‘ta katta ahamiyatga egadir. Yirik hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta’kidlaydi: “Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining ko‘pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir, ular tashkilot, korxona va muassasalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari, usullari va yo‘llari majmuini etarli darajada bilmaydilar6 “Ba’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu albatta, nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday tashkilotdagi ish yuritishning asosi ekanligini bugungi kunda isbotlab o‘tirishning mutlaqo hojati yo‘q.




  1. Download 176.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling