16-variant Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zbek tilida ish yuritish


Banklarning asosiy operatsiyalari hujjatlari


Download 176.06 Kb.
bet10/11
Sana20.06.2023
Hajmi176.06 Kb.
#1627871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16-20 ish yuritish

Banklarning asosiy operatsiyalari hujjatlari

Banklar ikki xil operatsiyalarni amalga oshiradi.

  • Passiv operatsiyalar yordamida pul resurslari jamlanadi,

  • aktiv operatsiyalar yordamida ular joylashtiriladi va taqsimlanadi.

Pul resurslarining asosiy qismi jalb etiladigan omonatlar (depozitlar) va boshqa banklardan kelib tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladi
Omonatchi tomonidan qo‘yiladigan omonatning eng kam va eng ko‘p miqdori har bir bank tomonidan qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda belgilanadi.
Depozitlar ikki xil bo‘ladi:

  • yo‘qlab olinuvchi -omonatchi tomonidan istalgan paytda yo‘qlab olinishi mumkin bo‘lgan joriy hisoblardagi mablag‘lar. Odatda ularga eng kam foiz to‘lanadi.

  • Muddatli-Bunda depozitlar ko‘rsatilgan muddatlarda qo‘yiladi, u tugamaguncha mijoz pulini talab qilib olishga haqli emas. Bunday holda omonatchilarga yo‘qlab olinuvchi omonatlarga qaraganda ancha katta foiz to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi:

  • to‘lov topshiriqnomasi;

  • to‘lov talabnomasi;

  • inkasso topshiriqnomasi;

  • memorial order;

  • akkreditivga ariza;

  • kirim va chiqim kassa to‘lov hujjatlari

memorial order - banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to‘lov hujjati bo‘lib, mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
banklarning ichki operatsiyalarida foydalaniladi
To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka
o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir.

Download 176.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling