162 ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda germenevtik yondashuvning o‘rni
Download 74.48 Kb. Pdf ko'rish
|
34-maqola Eshnazarov
167
Milliy g‘oya mazmunini ifodalovchi har qanday kichik hajmdagi, oddiy ko‘rinish va tasvirga ega obraz, belgi va ramzlarni kundalik hayotga olib kirish zarur. Inson irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatda keskin kuchayib borayotgan global va integral jarayonlar, tobora milliy xususiyatlarga ham taz’yiq o‘tkazayotganini rad etib bo‘lmaydi. Bugun bu jarayonlardan o‘zimizni qanday himoya qila olamiz, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga, avvalo, millatning boy qadriyatlarini saqlash orqali deb javob berish o‘rinli, albatta. Bu fikr umumiy bo‘lsa-da, ayrim xususiy holatlar bilan misol keltirib o‘tish lozim. Masalan, yosh qizchalar o‘ynaydigan eng sevimli qo‘g‘irchoqlarni olaylik, “Barbi”, “Sindi”. Nima uchun “Zumrad” yoki “Barchinoy” emas? Axir o‘zbek xalqi ham o‘zining milliy o‘yinchoqlari borasida jahonning hech bir davlatidan kam bo‘lmagan merosga egaku? I.Karimov bu borada muhim bir fikr aytib o‘tgan: “Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g‘oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to‘xtalib o‘tish o‘rinli, deb o‘ylayman. U ham bo‘lsa, dunyoga hayrat ko‘zi bilan boqib, undan o‘zicha ma’no topishga intiladigan murg‘ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir” 9 . Bu haqda kuyinib gapirishning o‘ziga yarasha sabablari bor. Agar inson qalbiga yo‘l ma’naviyat orqali borilar ekan, bu yo‘lning birinchi ostonasida bolalik turadi. Har qanday ma’naviy tarbiya bolalikdan boshlansagina mustahkam asosga ega bo‘ladi. “O‘yinchoqlar obrazi bolaning murg‘ak tasavvuriga bamisoli toshga o‘yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go‘dakning ulg‘ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo‘ldan borishi, o‘zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o‘yinchoqlar bilan oshno bo‘lib o‘sgani bilan belgilanadi” 10 . Umuman olganda, yaratuvchanlik ma’naviy kamolotning eng muhim vositalaridir. Ijodkorlik va yaratuvchanlik tufayli millatning ma’naviy qiyofasi yaraladi. Davrlar o‘tsada, millatning buyukligi ajdodlar yaratib qoldirgan ma’naviy meros, ya’ni san’at va adabiyot durdonalari bilan o‘lchanadi. Shunday ekan, milliy g‘oyani mustahkamlashda oddiygina ijod namunasining o‘rni ham beqiyos kuchga ega, buning natijasi esa ularni hayot tarzi, an’analarga singdirishga bog‘liq. O‘zbekiston – boy tarixiy meros, yuksak ma’naviy qadriyatlarga boy yurt. Tarixiy merosni tahlil qilish, qadriyatlarni talqin qilish zaruriyati tobora globallashib, integrallashib borayotgan bugungi dunyoda millat kelajagini barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asoslardan biridir. Zero, dunyoda bo‘sh joy bo‘lmaydi, agar paydo 9 I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” . “Ma`naviyat” –T:2008 yil. 164-b 10 O’sha kitob 168-b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling